Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Asosiy tayanch tushunchalar



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə613/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   609   610   611   612   613   614   615   616   ...   623
757


Asosiy tayanch tushunchalar
Eksport 
- tovarlami chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda 
mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqa- 
riga chiqariladi.
Import 
- chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib
ulami mamlakatga kiritish.
Reeksport 
- biror bir mamlakatning boshqa mamlakatda ishlab 
chiqarilgan tovarlami o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mam­
lakatga qayta sotish uchun xarid qilishi.
Reimport 
- iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlami sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi 
- xalqaro valyuta munosabatlarining dav­
latlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi 
- bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat 
valyutasida ifodalangan narxi.
To‘lov balansi 
- mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxona- 
lar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda 
bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tar- 
tiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar 
- qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni 
tovarlar ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqi- 
ning bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi 
bo‘yicha kelishuvlar.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Ichki va tashqi savdo'ning o‘xshashliklari nimadan iborat? 
Ulaming farqi-chi?
2. Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
3. Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to‘siqlar mavjud bo‘ladi? 
Ulaming tavsifini bering.
4. Proteksionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? 
Ulami taqqoslang.
5. Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qandayli- 
gi va unda 0 ‘zbekistonning ishtirok yetishi imkoniyatlarini aniqlang.
6. Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday us­
tunlik va kamchiliklarga ega?
758


7. Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usul- 
lardan foydalanadi?
8. Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatadi?
9. Jahon valyuta tizimining mazmuni nimadan iborat? Uning ri­
vojlanish bosqichlari va ularga mos xalqaro valyuta munosabatlarini 
tashkil qilish tiplarini izohlang.
10. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlarga qaysi 
tashkilotlar kiradi? Ulaming asosiy faoliyatlarini tavsiflab bering.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   609   610   611   612   613   614   615   616   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə