Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


 Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə609/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   605   606   607   608   609   610   611   612   ...   623
27.5. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar
faoliyatining rivojlanishi
Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez 
o‘zgaruvchi j arayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir 
qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tar­
tibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro 
valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), 
Iqtisodiy hanlkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivoj- 
lanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilami kiritish mumkin.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) 
o‘ziga a’zo mamlakatlarning 
valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ulaming valyuta- 
moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivoj­
lanayotgan mamlakatlarning ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va 
tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
209 
2015-yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning
2016-yilga m o‘ljallangan asosiy y o ‘nalishlari. http://cbu.st.uz/uz/monet_policy/
monet direct2016.htm.
753


Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati 
valyuta nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ra-vishda 
ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, er­
kin valyuta kurslariga o‘tilishi bilan bu faoliyat yo‘nalishi o‘zgarib, 
1978-yili XVFning Nizomi qayta ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, valy- 
utani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat funksi- 
yalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuv-lar 
hamda asossiz kurs nisbatlariga ta’sir o‘tkazish dastaklarini kengay- 
tirish ko‘zda tutildi.
XVF mamlakatlarning to‘lov balanslarini va tashqi qarzlari- 
ni tartibga solish maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi 
mamlakat o‘zining iqtisodiy siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan 
o‘zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan mud- 
datdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturi ko‘rinishidagi 
bunday o‘zgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi 
va bunga mamlakatning to‘lovga layoqatligi to‘g‘risidagi o‘ziga xos 
xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi.
1970-yildan boshlab XVF xalqaro to‘lov va zaxira vositalari -

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   605   606   607   608   609   610   611   612   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə