Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə611/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   607   608   609   610   611   612   613   614   ...   623
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi 
(XRA)ning asosiy faoliyati 
esa ko‘proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar 
ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) 
tarkibiga 
barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga 
a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalami, iqti- 
sodiyot sohasidagi ichki xatti-harakatlaming boshqa mamlakatlar 
to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ish­
lab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivoj­
lanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlaming 
o‘zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib 
borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) 
Shveysariyaning Bazel 
shahrida joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisob- 
lanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol 
o‘ynaydi. XHB Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, 
Avstraliya, Yaponiya hamda AQSH tijorat banklari guruhini o‘z tarki- 
bida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining oltin- 
valyuta zaxiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 
Sharqiy Yev­
ropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida 
ko‘maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990-yilda tashkil etil- 
di. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mam­
lakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi
755


dastur va loyihalami moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning ja­
hon xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga 
yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlar­
ning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlami tartibga solish 
va yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati to­
bora oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur tuzilmalaming 
rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tarti- 
bini takomillashtirish, bunda ko‘mak berilayotgan mamlakatlarning 
milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi sifatida 
ko‘proq iqtisodiy maqsadlaming ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor 
kuchaytirish zarur bo‘ladi.

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   607   608   609   610   611   612   613   614   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə