Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə607/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   603   604   605   606   607   608   609   610   ...   623
Birinchi bosqich 
1879-1934-yil- 
lami o‘z ichiga olib, bunda 
oltin standart 
sifatidagi valyuta tizimi 
ustunlikka ega bo‘lgan. 
Ikkinchi bosqich 
1944-1971-yillami o‘z
750


ichiga olib, bunda 
oltin-devizli 
(Breton-Vuds tizimi deb nomlanuv- 
chi) tizim ustunlikka ega bo‘lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan val­
yuta kurslariga asoslangan. 
Uchinchi bosqich, 
ya’ni hozirgi davrda 
amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971-yilda tashkil topgan bo‘lib, 
bu tizim 
boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi 
nomini 
oldi. Chunki davlat ko‘pincha o‘z valyutalarining xalqaro qiymatini 
o‘zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud 
bo‘lishini ko‘zda tutadi. Banklar o‘zlari chiqargan banknotlarni oltin- 
ga almashtirgan. Oltinni erkin chiqarish va kiritish Xalqaro to‘lovlami 
muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, xizmat qilgan. Mamlakat uchta 
shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya’ni: 
a) o‘z pul birligining ma’lum oltin mazmunini o‘matadi; b) o‘zining 
oltin zaxirasi va pulning ichki taklifi o‘rtasidagi qattiq nisbatni ushlab 
turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to‘sqinlik qilmaydi. 
Oltin strandart pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi. Ol- 
tin standart sharoitida, turli mamlakatlar pul birligining nisbati ular- 
ning rasmiy oltin mazmuni bo‘yicha o‘matiladi.
Oltin standart barbod bo‘lgandan keyin, valyuta sohasini tartib­
ga solishning o‘zaro maqbul yo‘lini topishga harakat qilindi. Yangi 
jahon valyuta tizimi asoslarini ishlab chiqish maqsadida, 1944-yil 
Bretton-Vudsda (AQSH) ittifoqchi davlatlaming xalqaro konferensi- 
yasi chaqirildi. Bu konferensiyada o‘zaro bog‘liq valyuta kurslarini 
tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va bu 
ko‘pincha Bretton-Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin 
standartdan keskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valyuta stan­
dard (AQSH dollari) yotadi va bu yerda rezervlar sifatida oltin va 
dollar chiqadi.
Dollaming oltinga almashinishi rasman to‘xtagandan keyin, valy- 
utaning qayd qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o‘rin bo‘shatadi. 
Xalqaro valyuta tizimidagi bu о ‘ zgarish 1976-yil Kingston (Yamayka) 
dagi kelishuvga binoan huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Qog‘oz 
pul tizimiga o‘tish bilan, qog‘oz pullar oltinga almashtirilmaydi. Be- 
qaror kurslar sharoitida valyuta kursi ham har qanday boshqa narxlar 
kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi.
751


Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan 
biri valyuta kursi hisoblanadi. 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   603   604   605   606   607   608   609   610   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə