Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.  Valyuta



Yüklə 18,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə606/623
tarix21.10.2023
ölçüsü18,63 Mb.
#130194
1   ...   602   603   604   605   606   607   608   609   ...   623
749


to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. 
Valyuta
-
bu mamlakatlar pul birligi 
(masalan, so‘m, dollar, funt sterling 
va h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta tizimiga ega 
bo‘ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. 
Mil­
liy valyuta tizimi - valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik
bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini
ifodalaydi. 
Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
- milliy pul birligi;
- valyuta kursi tartibi;
- valyutaning muomalada bo‘lish shart-sharoitlari;
- valyuta bozori va oltin bozori tizimi;
- mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
- mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv 
tizimi;
- mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy 
muassasalar mavqei.
Xalqaro valyuta tizimi - xalqaro valyuta munosabatlarining
davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:
- asosiy xalqaro to'lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro 
valyuta birliklari - SDR, Yevro);
- valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;
- xalqaro to ‘ lovlarini balanslashtirish tartibi;
- valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
- xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
- valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muas­
sasalar tizimi.
Bundan ko‘rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari 
deyarli bir xil bo‘lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga 
solinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida uchta bosqichdan 
o‘tdi va ulaming har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil 
qilishning o‘z tiplari mos keladi. 

Yüklə 18,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   602   603   604   605   606   607   608   609   ...   623




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə