to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.
Valyuta
-
bu mamlakatlar pul birligi
(masalan, so‘m, dollar, funt sterling
va h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining
milliy valyuta tizimiga ega
bo‘ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur.
Mil
liy valyuta tizimi - valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik
bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini
ifodalaydi.
Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
-
milliy pul birligi;
- valyuta kursi tartibi;
- valyutaning muomalada bo‘lish shart-sharoitlari;
- valyuta
bozori va oltin bozori tizimi;
- mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
- mamlakat oltin-valyuta zaxirasining
tarkibi va uni boshqaruv
tizimi;
- mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy
muassasalar mavqei.
Xalqaro valyuta tizimi - xalqaro valyuta munosabatlarining
davlatlararo bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:
- asosiy xalqaro to'lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro
valyuta birliklari - SDR, Yevro);
- valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;
- xalqaro to ‘ lovlarini balanslashtirish tartibi;
- valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
- xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
- valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muas
sasalar tizimi.
Bundan ko‘rinadiki, milliy va xalqaro
valyuta tizimi unsurlari
deyarli bir xil bo‘lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga
solinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida
uchta bosqichdan
o‘tdi va ulaming har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil
qilishning o‘z tiplari mos keladi.
Dostları ilə paylaş: