Toshkent farm atse vtikainstituti



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Parvarish qilish. 
Yosh bog‘lami 6 martadan 8 martagacha 
sug‘ori!adi
Shag‘alii va qumoq tuproqli yerlar esa bir muncha ko‘proq 
sug‘oriladi. Iyul va avgust oylarida harorat juda baland, tuproq va 
havo namligi ancha past boiganligi sababli bodom ko‘chatlarmi 
ikki manadan, aprel, may va iyun, sentyabr oylarida esa 1 
martadan sug‘oriladi,
Har bir sug‘orishdan so'ng bodom ko‘chatlarini atrofi o ‘toq 
qilinadi hamda yer yumshatiladi.
93


Har bir yog‘ ingarchilikdan so‘ng lalmi yerlardagi namlikni 
saqlash maqsadida bodom ekilgan bog‘lardagi yer yuinshatiladi.
Bahor va kuz mavsumlarida bodom ko‘chatlarining atrofi 
chopiladi. Bodom ko‘chatlari hosilga kirgach bog‘lami sug'orish 
3-4 martagacha kamaytiriladi.
Hosilni yig‘ish. 
Bodom yong‘og‘ini yig‘ib-terib olish davri 
uning navlarini pishib etilish muddatlari bilan bog‘liq. Meva 
qobig‘ining yorilishi mevasining pishib etilganligidan dalolat 
beradi. Bodom mevasini daraxt tagiga oldindan to‘shalgan 
qanorga daraxt shoxlarini engil silkitib yig‘ib-terib olinadi. 
Meva qobig‘idan bodom yong‘og‘i darhol ajratib olinadi va 
5-6 sm qalinlikda yoyiladi hamda soya joyda shamollatib 8-10 
kun davomida quritiladi. Quritilgan bodom yong‘og‘i yog‘och 
taxtali yashiklarga joylanadi va quruq shamollatiladigan xonada 
2 yilgacha saqlanadi.
ODDIY DASTARBOSH - TANACETUM VULGARE L
Oddiy dastarbosh -
Tanacetum vulgare 
L, astradoshlar -
Asteraceae 
(murakkabguldoshlar -
Compositae) 
oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 50-150 sm ga etadigan, o‘ziga xos hidli o‘t 
o ‘simlik. Poyasi tik o ‘suvchi, sershox, tuksiz yoki bir oz tukli. 
Bargi oddiy, patsimon ajralgan, ustki lomoni to'q yashil, pastki 
tomoni kulrang-yashil. Poyaning pastki qismidagi barglari bandli, 
o‘rta va yuqori qismidagilari esa bandsiz bo‘lib, poyada ketma- 
ket o‘mashgan. Gullari sariq, savatchaga to‘planib, qalqonsimon 
to‘pgulni tashkil etadi. Mevasi - cho‘ziq pista.
0 ‘simlik yoz bo‘yi gullaydi.

Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə