Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/102
tarix26.03.2018
ölçüsü19,01 Kb.
#34535
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102

26 
 
2.  Qaysi  mikroorganizm  suv  uchun  sanitar  bakteriologik  ko‗rsatkich  bo‗lib  hisoblanadi? 
Nima uchun? 
3. Suvning koli titr va koli indeksi nima? 
4.  Qaysi  mikroorganizmlar  tuproqning  yangi  va  eski  ifloslanganlik  darajasini 
ko‗rsatuvchilar hisoblanadi? Nima uchun? 
Vaziyatli  masala:  Bakteriologik  laboratoriyaga  sanitar-bakteriologik  tekshirish  uchun 
tuproq namunalari olib kelindi. Xulosa berish uchun qanday ko‗rsatkichlarni aniqlash kerak? 
 
―G A L E R E YA   B O‗ Y L A B   S A YO H A T‖   U S U L I 
 
Guruh  talabalarii  kichik  2-4  guruhlarga  bo‗linadi  va  har  bir  kichik  guruhlarga  bittadan 
muammoli (vaziyatli masala) savol yozilgan qog‗oz beriladi. O‗qituvchi amaliy mashg‗ulotlarda 
rangli qog‗ozlardan foydalanadi. Har bir kichik guruh 10 daqiqa davomida o‗zlarining fikrlarini 
yozib,  boshqa  guruhdagi  javob  varaqalari  bilan  almashadilar.  Keyingi  guruh  oldingi  guruhning 
javobini baholab, agar javob to‗liq bo‗lmasa, o‗zining variantini taklif etadilar. 
Mavzu  bo‗yicha  savollar:  ―Odam  tanasi  normal  mikroflorasi  va  ularni  o‗rganish  usullari‖ 
mavzusidan vaziyatli masala: 
1.  Tish  karachidan  mikroskopik  tekshiruvda  treponemalar,  stafilokokklar  topildi,  bu  og‗iz 
bo‗shlig‗ida patologik jarayon borligini bildiradimi? 
2.  Qo‗ldan  olingan  yuvindi  bakteriologik  tekshirilganda  Kandida  avlodiga  mansub 
zamburug‗lar topildi. Bu nimani bildiradi? 
Talabalar  o‗z  javoblarini  berganlaridan  keyin  tengdoshlari  javoblariga  qo‗shimcha 
kiritganlaridan  keyin  ular  birgalikda  tahlil  qilinadi  va  eng  to‗g‗ri  javoblar  tanlab  olinib, 
baholanadi. 
―Q O R   B O‗ L A K CH A L A R I‖   U S U L I 
 
Bu  usulda  guruh  kichik  2  guruhchaga  ajratiladi  va  sardorlar  tanlanadi  –  har  bir  talaba 
o‗ziga  boshqa  kichik  guruhdan  raqobatdosh  tanlaydi.  Har  bir  talaba  raqibiga  mavzuga  oid  3  ta 
savol  beradi  va  o‗ziga  berilgan  3  savolga  javob  beradi.  2  guruhdan  iborat  bo‗lgan  talabalar 
o‗zaro  muammoli  savollarga  javob  beradilar  –  bu  javoblar  o‗qituvchi  tomonidan  muhokama 
qilinadi, tahlil qilinadi. 
Masalan:  ―Umumiy  virusologiya.  Viruslarga  umumiy  ta‘rif  –  sistematikasi,  tuzilishi, 
o‗stirish usullari. Faglar, tuzilishi, xususiyatlari‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 
1. Virusni ―xo‗jayin‖ hujayrasi bilan o‗zaro ta‘siri turlari va bosqichlarini ayting. 
2. Viruslarni o‗stirish usullari. 
3. Viruslarning obligat parazitligiga sabab nima? 
4. Virusning ―xo‗jayin‖ hujayrasiga kirish yo‗llari. 
5. Virusning xo‗jayin hujayrasidagi dezintegratsiyasi, ―echinishi‖ qanday yuz beradi va bu 
jarayonda qaysi fermentlar ishtirok etadi? 
6. Tovuq embrioniga virusli ashyoni yuqtirish usullari. 
7. Tovuq embrionida viruslarni o‗stirishning afzalliklari va kamchiliklari nimalar? 
Har qanday to‗g‗ri javob shu guruhga ―qor bo‗lakchasi‖ ko‗rinishida ball keltiradi. 
 
―Q O R   U YU M I‖   U S U L I 
 
Bu usulda talabalar 2-4 kichik guruhlarga bo‗linadi, 1-kichik guruh talabalari navbati bilan 
2-kichik  guruhidan bir talabaga  savol  beradilar (kichik  guruh  talabalar  soniga  qarab 4, 5, 6 ta). 
Talaba bilgan savoliga javob beradi. Bu usulga ―qor uyumi‖ deyishdan maqsad ―bir uyum‖ning 
(kichik guruh) bir talabaga beradigan savollariga asoslangan. 
Masalan:  ―Bakteriyalar  hayot  faoliyati  davomida  ishlab  chiqargan  maxsulotlari  - 
fermentlar, pigmentlar, toksinlar‖ mavzusiga oid savollar: 


27 
 
1.  Differensiatsiya  va  identifikatsiya  uchun  ahamiyatga  ega  bo‗lgan  bakteriyalar 
fermentlarini sanab bering. 
2. Bakteriyalarda bo‗ladigan toksinlarni ayting, ularning mikrob hujayrasida joylashishi. 
3. Pigmentlarning hujayra hayot faoliyatidagi o‗rni. 
4. Mikrob hujayrasi patogenlik fermentlarini ayting. 
 
―K I M   K O‗ P R O Q,   K I M   T E Z R O Q‖   U S U L I 
 
Bu usul ―Miya shturmi‖ usuliga o‗xshash bo‗lib, bunda o‗qituvchi talabalarga mavzuga oid 
savol beradi. Qaysi talaba  berilgan  savolga javob  berish uchun  birinchi bo‗lib  qo‗l ko‗tarsa  va 
to‗g‗ri javobni aytsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsga tayyor talabalar 3-5 marta birinchi 
bo‗lib qo‗l ko‗tarib, to‗g‗ri javob berishsa, ular yuqori ball bilan baholanadilar. 
Masalan:  ―Kimyoterapevtik  preparatlar  va  antibiotiklar.  Bakteriyalarning  antibiotiklarga 
sezgirligini o‗rganish usullari‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 
1. Mikroorganizmlar antagonizmi va uning mexanizmi. 
2.  Antibitiklarning  olinishi,  ta‘sir  mexanizmi,  ta‘sir  doirasi,  kimyoviy  tarkibiga  ko‗ra 
klassifikatsiyasi. 
3. Hujayra devoriga, oqsil sinteziga, nuklein kislotalarga, sitoplazmatik membranaga ta‘sir 
etuvchi antibiotiklarni ayting. 
4. Antibiotiklarga rezistentlik mexanizmi. 
 
―K U CH S I Z   Z V E N O‖   U S U L I 
 
 
Guruh talabalari kichik 4-8 guruhchalarga bo‗linadi  va o‗qituvchi  bitta  muammoli  savolni 
(yoki  vaziyatli  masalani)  aytadi  va  qum  soatchasi  yordamida  ma‘lum  vaqt  belgilaydi.  Qaysi 
kichik guruh savolga birinchi bo‗lib aniq, to‗g‗ri javobni bersa, rag‗bat kartochkasi beriladi.  
Mashg‗ulotda  5-6  marta  rag‗bat  kartochkasi  olgan  kichik  guruh  baland  ball  bilan 
baholanadi,  savollarga  javob  topa  olmagan  kichik  guruh  mashg‗ulotdan  chetlashtiriladi  va  past 
ball bilan baholanadi. 
Masalan: ―Jinsiy yo‗l bilan yuquvchi infeksiyalar. Zahm, so‗zak qo‗zg‗atuvchilariga ta‘rif, 
laboratoriya tashhisi‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 
1. Spiroxetalar klassifikatsiyasi va ularning odam patologiyasidagi o‗rni. 
2. Spiroxetalarning umumiy xususiyatlari va ularning bakteriyalardan farqlari. 
3. Zahmning asosiy patogenetik jihatlari va unda immunitet xarakteri. 
4. So‗zak mikrobiologik tashhisida qo‗llaniladigan usullar va ularni baholash. 
5. So‗zakda bakterioskopik usul qaysi holatlarda va qanday o‗tkaziladi? 
 
―D I S K U S S I YA‖   U S U L I 
 
Guruhdan  ikki  nafar  sardor  tayinlanadi.  Har  bir  sardor  o‗zining  kichik  guruhiga  talabalar 
o‗rtasidan talaba tanlaydi  - 2 ta kichik  guruh ajralgach,  har  bir kichik  guruh talabasi  o‗ziga 2  - 
kichik  guruhdan  raqib  tanlaydi.  Bu  usulda  talabalar  o‗zaro  bir-birlariga  mavzuga  oid  savol 
beradilar  va  raqibi  tomonidan  berilgan  savollarga  javob  beradilar.  O‗qituvchi  mashg‗ulotni 
diqqat  bilan  kuzatadi,  chunki  har  bir  savol  muammoli,  jumboqli,  mavzuga  oid  va  qiziqarli 
bo‗lishi, berilayotgan javoblar to‗g‗ri, aniq, ravshan bo‗lishi keak. 
Masalan:  ―Virusli  infeksiyalar:  ortomiksoviruslar  va  paramiksoviruslar,  ular  qo‗zg‗atgan 
kasalliklar laboratoriya tashhisi‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 
1.  Ortomiksviruslarning  zamonaviy  klassifikatsiyasi.  Ularga  berilgan  nom  nima  bilan 
bog‗liq? 
2. Orto- va paramiksoviruslar oilasiga kiruvchi viruslarni sanab bering. 
3. Epidemiya va pandemiya vaqtida gripp virusi o‗zgaruvchanligi qaysi antigenga bog‗liq? 


Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə