Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Milliy istiqlol g‘oyasining ob’ekti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə31/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Milliy istiqlol g‘oyasining ob’ekti sifatida O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e’tirof etish mumkin. SHuningdek, xalqning madaniyati, milliy-madaniy merosini, odamlarning ijtimoiy munosabatlarini qator toptirish bilan bog‘liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo‘lishini tahlil etish ham muhimdir. SHuningdek, fanning ob’ekti - O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma’naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.


«Milliy istiqlol g‘oyasi»ning metodlari:
Barcha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar uchun umumiy bo‘lgan falsafiy metodlar: bu fan uchun ham asosiy metod hisoblanadi. Bular:
Dialektik metod.
Qiyoslash va taqqoslash metodi (eski metod)
Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o‘tish)
Axloqiy metod.
Izohlash metodi.
Siyosiy prognozlash metodi (ijtimoiy to‘qnashuvlar oldini olish).
Axborotlash metodi yoki integratsiyalash metodi ham deyiladi, ya’ni umumlashtirish metodi: fan yutuqlaridan foydalanish.
Eksperiment metodi.
Kuzatish metodi.
Empirik sotsiologik metodlar (so‘rov, anketa, matematik model).
Statistik umumlashtirish metodi.
Umummantiqiy metod (analiz, sintez, abstraktlash, umumiylik va h.k.).
«Milliy istiqlol g‘oyasi»ning metodologik asosi:

  1. Falsafiy tahlil.

  2. Nazariy tahlil.

  3. Ijtimoiy borliqni o‘rganadi.

Bundan tashqari kursning nazariy va metodologik asoslari O‘zbekiston Konstitutsiyasi, davlat mustaqilligi bo‘yicha Oliy Kengash, Oliy Majlis qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va hujjatlari, Prezident Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlari, Milliy istiqlol g‘oyasiga doir farmon va ko‘rsatmalari, qarorlari hisoblanadi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə