Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz 
farovonligini yanada yuksaltirishdir»
nomli ma’ruzani talabalar bilan ushbu fan doirasida 
chuqur va har tomonlama o‘rganish, unda ko‘rsatib o‘tilgan dolzarb masalalarning tub 
mohiyatini anglash, 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng 
muhim ustuvor yo‘nalishlarini korxonalar darajasida amalga oshirish imkoniyatlarini 
o‘rganish “Korxona iqtisodiyoti” fani maqsadlariga to‘la mos keladi.
Ma’ruzada bayon etilgan o‘tgan yillardagi erishilgan natijalar
 
2010 yilning 
«Barkamol avlod yili» deb nomlanishi va bu boradagi dasturda amalga oshirilishi ko‘zda 
tutilayotgan chora-tadbirlar haqidagi materiallar tegishli mavzu va o‘rinlarda o‘z ifodasini 
topgan. Bu esa talabalarga 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini mamlakatimizning 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga oid Prezidentimizning qator dasturiy 
chiqishlari bilan izchil bog‘liq holda o‘rganish imkonini beradi. 
Islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va 
modernizatsiya qilish, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar 
dasturini so‘zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror 
sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash – 
2010 


47 
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi 
sifatida belgilab berildi.
Prezidentimizning 2009 yil 5 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganligining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida 
mamlakatimizda yangi yilga nom berish o‘ziga xos an’anaga aylanganligi ta’kidlab o‘tildi. 
Prezidentimiz yangi yilga alohida nom berilishining sababini yurtimizdagi barcha davlat va 
nodavlat tashkilotlar, xo‘jalik va korxonalar, tijorat tuzilmalarining kuch va imkoniyatlarini 
qo‘yilgan vazifani bajarish yo‘lida safarbar etishdan iborat ekanligi bilan izohlab, 
yurtimizda 2010 yilni «Barkamol avlod yili»
 
deb nomlashni taklif etdi.
Prezident ma’ruzasida “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy 
sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un 
rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib 
voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad 
qilib qo‘yganmiz”-deb ta’kidlanadi.
 «Iqtisodiyot»
fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga 
keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash 
bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə