Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

«Korxona iqtisodiyoti»
- aholi va iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab 
chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo‘jalik 
mexanizmlarini o‘rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan 
ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining ob’ektiv qonunlari namoyon bo‘lishi va amal 
qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi davlat 
miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi. 
 «Korxona iqtisodiyoti»
xuddi boshqa fanlar kabi birinchi o‘rinda o‘rganish 
funksiyasini bajaradi. Uning mahsulot ishlab chiqarish moddiy-texnika resurslarini sarf 
qilishni talab qilishi bilan, xodimlar mehnati ularga haq to‘lash va rag‘batlantirishning 
boshqa shakllari bilan, daromad hajmi esa xarajatlar miqdori va bahoni shakllantirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan qo‘shma korxonalarda sodir etiluvchi hodisa va jarayonlarni o‘rganishi va 
izohlashi mo‘ljallangan. Mazkur fanning 
tadqiqotlari
ob’ekti
turli mulk shaklidagi 
mikrofirma, kichik va yirik korxonalar hisoblanadi.
Fanning 
predmeti
bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalar faoliyatining nazariy 
va amaliy asoslarini, korxonalar faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini, 
shuningdek, ularning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati samaradorligini reurslardan 
oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida 
oshirish yo‘llarini aniqlash bilan ifodalanadi. 
Fanning maqsadi
ta’lim olayotganlarga amaliy iqtisodiy bilimlarni, shuningdek, 
mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o‘rganish yordamida korxona 
iqtisodiyoti muammolari(masalalari) bo‘yicha qaror qabul qilish ko‘nikmalarini 
singdirishdadir.
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan avvalgi iqtisodiyotdan 
nimasi bilan farqlanadi? 
2. Iqtisodiy fanlar va aynan “Korxona iqtisodiyoti” fani jamiyat kadrlarining 
shakllanishida qanday rol o‘ynaydi? 
3. Ishlab chiqarish (sanoat) korxonasi bozorning xo‘jalik yurituvchi boshqa 
sub’ektlaridan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi? 


48 
4. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining maqsadi nimada? 
5. Korxonaning bozor va ishlab chiqarish aloqalarini ochib bering. 
6. Raqobatchilik korxona faoliyatiga qay tarzda ta’sir o‘tkazadi? 
7. Zamonaviy korxonalarning faoliyati qaysi qonun hujjatlariga asoslangan? 
Korxonalar faoliyatiga bevosita ta’sir qiluvchi muayyan qonunlarni sanab o‘ting. 
8. “Korxonalar iqtisodiyoti” fani «Mikroiqtisodiyot» va «Makroiqtisodiyot» 
fanlaridan nimasi bilan farqlanadi? 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə