Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Korxonani
turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin: 
2
Ўзбекистоннинг статистик маълумотлари. www. stat. uz 


49 

ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona 
– bu, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos 
keluvchi mashinalar tizimi; 

ijtimoiy munosabatlarda korxona
– bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida 
ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ; 

tashkiliy-huquqiy munosabatlarda
korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat 
yuritadi; 

moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona
– bu, tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini 
bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari 
tamoyillarida faoliyat yuritadi. 
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega: 
birinchidan,
korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega 
bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligi 
va ishonchliligini ta’minlaydi; 
ikkinchidan,
korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi 
majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi; 
uchinchidan,
korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, 
ya’ni qonunga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) 
iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va 
jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega; 
to‘rtinchidan,
korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida 
qatnashish huquqiga ega; 
beshinchidan,
korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va 
mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan 
belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi; 
oltinchidan,
korxona o‘z firma nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli o‘z aksini topadi.
Firma nomlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra, firma nomi yuridik shaxs 
bo‘lgan tijorat tashkilotining individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi
3

Korxonalar quyidagi hollarda firma nomidan foydalanishlari mumkin: 
firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish orqali; 
firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, 
bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni O‘zbekiston 
Respublikasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida 
ishlatish orqali. 
Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala 
jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi 
mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon 
bo‘ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va 
kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning 
moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va 
3
“Фирма номлари тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Қонуни // Халқ сўзи. – 2006. - 19 
сентябр. 


50 
foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga 
ko‘rinadi. 
Har qanday korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi lozim. Foyda olishni o‘z 
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday 
maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi 
mumkin. 
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xususiy korxona, xo‘jalik shirkati va 
aksionerlik jamiyati, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda 
tuzilishi mumkin. 
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va 
mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek 
qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin. 
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos 
keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. 
Tijoratchi tashkilot sifatida faoliyat yuritadigan korxonalar xususiyatlarini birma-bir 
ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə