Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Aksiyadorlik jamiyati
deb ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan 
majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt hisoblanadi
7
.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga 
oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan manzili 
ko‘rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‘lishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning 
6
«Хўжалик ширкатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. 2001 йил 6 
декабрь // Тадбиркорликка оид қонун ҳужжатлари тўплами. 1 том. - Т.: Ўзбекистон 
Республикаси Адлия вазирлиги, 2002.
7
«Акциядорлик жамиятлари ва акциядорларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш тўғрисида»ги 
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни // Тадбиркорликка оид қонун ҳужжатлари
тўплами. 
1-том. - Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, 2002. 


52 
nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Qatnashchilari o‘zlariga 
tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin 
bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochiq 
aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun 
hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Ochiq 
aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida 
taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Bunday 
jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga yoxud ularni cheklanmagan 
doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. YOpiq 
aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo‘lishi mumkin emas.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə