Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Xo‘jalik shirkati
deganda 
muassislarning 
(ishtirokchilarning) 
ulushlariga 
(hissalariga) bo‘lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo‘lgan tijorat tashkiloti 
tushuniladi, bunday shirkatda muassislar yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan 
tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar
6

Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat yoki kommandit shirkat turlariga bo‘linadi. 
To‘liq shirkat
deb ishtirokchilari (to‘liq sheriklari) o‘z o‘rtalarida tuzilgan 
shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda 
uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan 
shirkat hisoblanadi. 
To‘liq shirkatning firma nomi yo uning barcha ishtirokchilari nomini (nomlanishini), 
shuningdek “to‘liq shirkat” degan so‘zlarni yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining “va 
kompaniya” degan so‘zlar qo‘shilgan nomini (nomlanishini), shuningdek “to‘liq shirkat” 
degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Kommandit shirkat.
SHirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan 
hamda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-mulklari bilan javob 
beradigan ishtirokchilar (to‘liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq 
zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat 
tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha 
ishtirokchi (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘lsa, bunday shirkat kommandit 
shirkat deb hisoblanadi. 
Kommandit shirkatning firma nomi yo barcha to‘liq sheriklarning nomlarini 
(nomlanishini) va “kommandit shirkat” degan so‘zlarni yoxud kamida bitta to‘liq sherikning 
“va kompaniya” degan so‘zlar qo‘shilgan holdagi nomini (nomlanishini), shuningdek 
“kommandit shirkat” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə