Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi
. Qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki 
bo‘lgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi 
(davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin. 
Davlat korxonasining ta’sis hujjati uning ustavidir. Operativ boshqaruv huquqiga 
asoslangan davlat korxonasining firma nomi uning davlat korxonasi ekanligini ko‘rsatishi 


53 
kerak. Davlat korxonasining mol-mulki etarli bo‘lmaganida davlat uning majburiyatlari 
bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. Davlat korxonasi uni tuzgan davlat organining qaroriga 
muvofiq qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. 
 
Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra
korxonalar ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga mansub 
bo‘lishi mumkin. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra,
korxonalar sanoat, 
qishloq xo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi. 
Texnologik umumiyligiga ko‘ra,
korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va 
diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga 
bo‘linadi. 
Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra,
barcha korxonalar ikkita katta guruhga 
bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini 
ishlab chiqaruvchilar. 
Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra,
sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va 
qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. 
Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra,
korxonalar mavsumiy va yil bo‘yi faoliyat 
yurituvchilarga bo‘linadi. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə