Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Ishlovchilar soniga ko‘ra
korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga 
taqsimlanadi. 
Mikrofirmalar.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra
8
ishlab chiqarish 
tarmog‘ining o‘rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo‘lgan hamda xizmat ko‘rsatish 
va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha 
bo‘lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan 
korxonalar 
mikrofirmalar
qatoriga kiritiladi. 
Kichik korxona
hisoblanadi: 

engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni 
qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan; 

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, 
qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan; 

fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab 
chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.
Ixtisoslashuv darajasiga ko‘ra,
korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash 
korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot 
ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal 
korxonalar o‘rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga
ko‘ra,
korxonalar ishlab 
chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi 
korxonalarga bo‘linishi mumkin. 
8 «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон 
Республикасининг Қонуни // Тадбиркорликка оид қонун ҳужжатлари тўплами. 1-том. 
- Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, 2002.


54 
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra,
korxonalar to‘liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘l-
mashina va faqat qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo‘linadi. 
Firma - korxona tushunchasidan kengroq tushunchadir, ya’ni u ma’lum nom bilan 
biznes olib boruvchi tashkilotdir. Firma - tovar ishlab chiqarish va barcha sohalarda xizmat 
ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun foyda olish maqsadida resurslarni jamlaydigan va undan 
foydalanadigan tadbirkorlik shaklidir. Faktoring firmasi - begona qarz majburiyatlarini-
veksellarni sotib olish bilan shug‘ullanadi.
Lizing firmasi- lizing to‘lovlari bilan shug‘ullanadi. 
Injiniring korxona – muxandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga 
asoslangan holda amalga oshiradi.
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko‘rsatish sohasida 
ixtisoslashgan firmalarning o‘z mijozlariga maslahat xizmati ko‘rsatish va texnik loyihalarni 
ekspertiza qilish bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyatdir.
Venchur korxonalar – bu biznes yuritishning bir turi bo‘lib, ular: 
- ilmiy muhandislik ishlarini bajarish; 
- yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; 
- ishlab chiqarishni boshqarish; 
- tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
- yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga 
oshiradilar. 
Korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki konsentratsiya 
asosida birlashtirish amalga oshiriladi. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə