Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Xo‘jalik assotsiatsiyasi
jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro hamkorlik 
yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi 
sub’ektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar. 
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-
sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish sohasidagi 
kartellar 
ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni 
sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga asoslanib faoliyat 
yuritadi. 
Integratsining bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya 
asosida birlashadilar. 
Sindikat – 
tijorat faoliyatini (ta’minot, buyurtmalarni taqsimlash, xom ashyo sotib 
olish, mahsulot sotish, bahoni shakllantirish) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan 
birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish 
mustaqilliklarini saqlab qoladilar. 
Trestlar
yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga 
kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo‘qotib, yagona 
reja asosida faoliyat yuritadi. 
O‘z tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan 
korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. Xolding iborasi inglizcha «holding» 
so‘zidan olingan bo‘lib, ega ma’nosini beradi. Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy 
imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan 
vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali 
shaklini ifodalaydi. 
Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan 
ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding xisoblanadi. 
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. 
Ishlab chiqarish bo‘g‘inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat 
ko‘rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, 
xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari 
korxonaning umumiy tuzilmasini
ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish jarayonlari 
amalga oshiriluvchi sex va uchastkalar kiritiladi. 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud:

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə