Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Korporatsiya
yirik aksioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot 
ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi. 
Korporatsiya
atamasi lotincha 
«korporatio»
so‘zidan olingan bo‘lib, birlashma, 
hamjamiyat ma’nosini beradi.
Korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuvini, ilm-fan taraqqiyotini
mahsulotning raqobatbardosh bo‘lishini va uzoq hayot siklini ta’minlaydi. 
Korporatsiyalar tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aksioner jamiyatlarining xohish-
ixtiyori bilan paydo bo‘ladi. Har bir korxona faoliyatini yurgizish uchun o‘z holicha 
turli funksiyalarni, ya’ni: 
- xom ashyo, materiallar, energiya, uskuna qidirib topish, sotib olish va 
texnologik takomillashtirish; 
- mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash; 
- tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha qator ishlarni bajarishi lozim bo‘ladi. 
Konsern
– bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat 
sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi 
asosida tarkib topadigan yirik ko‘p tarmoqli korporatsiya. Konsern tarkibiga sanoat
transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko‘pgina 
mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. 
Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o‘zaro korporatsiyalangan 
turg‘un aloqalar mavjud bo‘lib, ular konsern rivoji yo‘lida umumiy moliyaviy 
resurslardan va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. 
Konsorsium
– bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan 
korxonalarning 
umumiy 
kelishuvlar 
asosida 
yuzaga 
keladigan 
muvaqqat 
birlashmasidir. Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar 
hisoblanadi.


55 
Konsorsium a’zolarining huquq va majburiyatlari konsorsium to‘g‘risidagi 
bitimda belgilab qo‘yiladi. Qo‘yilgan vazifani bajarish uchun konsorsium 
ishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliyaviy va moddiy fondlar barpo etadilar, 
byudjet mablag‘lari va davlat bankidan kreditlar oladilar. Vazifa bajarilgach, 
konsorsium tarqaladi. Konsorsiumlarga boshqaruv bo‘yicha qo‘mitalar, direktorlar 
kengashi kabilar boshchilik qiladi. Konsorsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, 
aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə