Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

SHo‘‘ba xo‘jalik jamiyati.
Agar bir (asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi 
xo‘jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok 
etishi tufayli yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo‘lmasa boshqacha 
tarzda ikkinchi xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish 
imkoniga ega bo‘lsa, ushbu ikkinchi xo‘jalik jamiyati sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati hisoblanadi. 
Qaram xo‘jalik jamiyati.
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat 
xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega 
bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi. Qaram xo‘jalik jamiyati 
yuridik shaxs hisoblanadi. 
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat ustav fondining 
tegishli qismini qo‘lga kiritib olganligi haqidagi ma’lumotlarni qonunda nazarda tutilgan 
tartibda darhol e’lon qilishi shart. 
Unitar korxona
. O‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor 
tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi. Unitar 
korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir va u qo‘shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo‘yicha, 
shu jumladan korxona xodimlari o‘rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas. 
Unitar korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish 
huquqi asosida tegishlidir. Unitar korxonaning firma nomida uning mol-mulkining egasi 
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo‘lib, bu 
rahbar mulkdor tomonidan yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi hamda 
ularga hisob beradi. 
Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona
. Xo‘jalik yuritish huquqiga 
asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan organning qaroriga muvofiq 
tashkil etiladi. 
Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan korxonaning ta’sis hujjati uning belgilangan 
tartibda tasdiqlangan ustavidan iboratdir. 
Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o‘z mol-mulkining bir qismini 
xo‘jalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yo‘li bilan yuridik shaxs bo‘lgan 
boshqa unitar korxona (sho‘‘ba korxona) tashkil etishi mumkin. Muassis sho‘‘ba 
korxonaning ustavini tasdiqlaydi va uning rahbarini tayinlaydi. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə