Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Xususiy korxona
deb, mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va 
boshqariladigan tijoratchi tashkilot e’tirof etiladi
4
. Xususiy korxona tadbirkorlik 
sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan 
javob beradi. 
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda xususiy 
korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi. 
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma 
nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va 
"xususiy korxona" degan co‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning 
qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va "xususiy korxona" degan so‘zlarni 
yoki "XK" abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
sifatida bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis 
etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi 
ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi
5
. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning 
ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati 
bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va 
"mas’uliyati cheklangan jamiyat" so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda 
"mas’uliyati cheklangan jamiyat" degan so‘zlarni yoki MChJ abbreviaturasini o‘z ichiga 
olishi kerak. 
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
sifatida bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis 
etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan 
jamiyat tan olinadi va uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari 
4
“Хусусий корхоналар тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. Қонун ва 
қарорлар. – Т.: Ўзбекистон, 2004, №3
5
«Масъулияти чекланган ва қўшимча масъулиятли жамиятлар тўғрисида»ги 
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. 2001 йил 6 декабрь // Тадбиркорликка оид 
қонун ҳужжатлари тўплами. 1-том. - Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, 
2002.


51 
bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis 
hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. 
Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari 
bo‘yicha javobgarligi boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va 
"qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. qo‘shimcha 
mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to‘liq yoki qisqartirilgan 
nomini hamda "qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so‘zlarni yoki QMJ 
abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə