Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


II MAVZU. KORXONA – MUSTAQIL XO‘JALIK YURITUVCHI BOZOR



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 
II MAVZU. KORXONA – MUSTAQIL XO‘JALIK YURITUVCHI BOZOR 
SUB’EKTI 
 
2.1. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan 
chiqishda korxonaning o‘rni va roli. 
2.2. Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari. 
2.3 Korxonalarni tasniflash. 
2.4.Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar.
 
 
Annotatsiya 
 
Korxona
bu -
yuridik shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo‘jalik faoliyati 
yurituvchi sub’ekt bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida 
iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida 
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega 
bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z 
nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga 
oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan 
tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. YUridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega 
bo‘lishlari kerak. 
O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida 2009 yil 1 iyul xolatiga turli 
xil mulkchilik shakliga ega bo‘lgan 495,3 mingta xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt 
mavjud bo‘lib
2
, ulardan qariyb 80 foizini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil 
etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq 
xo‘jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro‘yxatga olingan. Jami 
korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog‘i katta bo‘lib, 82 %ni tashkil qiladi. 
Korxonalarning faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ta’sir ko‘rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa, butun 
iqtisodiyotning, jumladan, ularning o‘zlarining ham ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi.
O‘zbekistonda ko‘plab mikrofirmalar, kichik va yirik ishlab chiqarish korxonalari 
faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og‘ir 
sanoatdan engil sanoatgacha, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab 
chiqarishgacha qamrab olgan. Ular o‘z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - 
er, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani 
tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi 
zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə