Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZULAR BO‘YICHA MATN 
ANNOTATSIYASI VA OXIRGI YANGILIKLAR
 
 
 


43 
 
1-MAVZU. «KORXONA IQTISODIYOTI VA INNOVATSIYALARNI 
BOSHQARISH» KURSINING MAZMUNI VA VAZIFALARI» (2 SOAT)
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy 
tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi 
kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil 
istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqqan holda fanning 
vazifalari.
4.
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta 
ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish
masalalarini o‘rganish. 3.Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida. 
4. «Korxona iqtisodiyoti» – iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va bilimlar sohasi 
tarkibiy qismi. 
5.«Korxona iqtisodiyoti»
 
kursining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan 
aloqasi.
Annotatsiya 
 
2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika 
hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va 
ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ma’ruza qildi.
Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
boshchiligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ni va mamlakatni o‘rta 
muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish 
Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish 2016 yilda iqtisodiy o‘sishning barqaror va 
yuqori sur’atlarini saqlab qolishni va makroiqtisodiy muvozanatni, aholi hayot darajasi va 
sifati oshishini ta’minlaganligi qayd etib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasi majlisi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalarni muhokama 
qilish davomida 2016 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga o‘sganligi qayd 
etib o‘tildi. Sanoat mahsuloti hajmlari – 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari – 12,5 foizga, 
chakana savdo aylanmasi – 14,4 foizga, xizmatlar – 12,5 foizga o‘sdi. Davlat byudjeti yalpi 
ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo 
aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlandi. Inflyasiya darajasi prognoz parametrlaridan 
oshmadi va 5,7 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 
foizga ko‘p investitsiyalar yo‘naltirildi. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar 
hajmi 11,3 foizga o‘sdi va 3,7 milliard dollardan oshib ketdi. Umumiy qiymati 5,2 milliard 
dollar bo‘lgan 164 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish yakunlandi. SHu 
jumladan, “JM O‘zbekiston” aksiyadorlik jamiyatida “T-250” modeldagi engil 
avtomobillarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, Jizzax viloyatida sement zavodi kengaytirildi, 
Tolimarjon issiqlik energiya stansiyasida quvvati 900 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalari 
hamda Angren issiqlik energiya stansiyasida quvvati 150 MVt bo‘lgan yuqori kulli ko‘mirni 
yoquvchi energiya bloki ishga tushirildi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan, 
Qamchiq tog‘li dovoni orqali o‘tuvchi 19 kilometrlik noyob tunnelga ega bo‘lgan 


44 
elektrlashtirilgan yangi Angren – Pop temir yo‘l liniyasi qurildi. Toshkent – Buxoro 
marshruti va qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha yuqori tezlanishli “Afrosiyob” yo‘lovchi 
tashuvchi elektropoezdlar harakati tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya va diversifikatsiyalash bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmlarini 6,6 
foizga, jumladan, meva-sabzavot – 11,2 foizga, kartoshka – 9,7 foizga, sabzavot 
mahsulotlari etishtirish 10,4 foizga o‘sishini ta’minladi.
Xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash va himoya qilish 
bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2016 yilda 32 mingtaga yaqin yoki 2015 
yilga nisbatan 18 foizga ko‘p kichik biznes sub’ektlari tashkil qilinishiga turtki bo‘ldi. 
Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 
45 foizgacha oshdi. 
Ijobiy tarkibiy o‘zgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari tufayli 
aholining real daromadlari 11 foizga oshdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 
foizga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar – 12,1 foizga, aholi jon boshiga real daromadlar – 11 
foizga o‘sdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming kollej 
bitiruvchisining bandligi ta’minlandi. 
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI I. Davlat va jamiyat qurilishi 
tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda 
Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish: 
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish: 
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish: 
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning 
ustuvor yo‘nalishlari 
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini 
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: 
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
ta’minlash: 
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish: 
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini 
takomillashtirish: 
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: 
2.6. YUridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish: 
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini saqlab qolish: 
3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi 
tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini 
oshirish: 
3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: 
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya 
qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 
.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: 
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 


45 
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: 
.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, 
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish: 
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, 
aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: 
.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: 
4.5. YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: 
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar 
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlar: 
5.2. CHuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor 
yo‘nalishlar: 
Mamlakatimizda ham mulkchilikning mazkur shakli tobora katta ahamiyatga ega 
bo‘lib bormoqda. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida ayni 
paytda respublikamizda 1 ming 100 dan ortiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va faoliyat 
yuritmoqda. Ularning umumiy ustav kapitali 11 trillion 700 milliard so‘mdan ortiq bo‘lib, 
so‘nggi o‘n yilda 5,3 barobar o‘sdi.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun 
puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo‘nalishlar, turli 
darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi 
muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o‘tilgan yo‘l – oldingi davrdagi 
erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular 
asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim 
prinsipial ahamiyat kasb etadi.
Ushbu qoida ayniqsa hozirgi sharoitda yanada dolzarb bo‘lib bormoqda. CHunki, 
2008 yilda boshlangan va 2009 yilda jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy ta’sir oqibatlarining oldini olish 
turli darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o‘ziga xos izchillikni
xatti-harakatlarning har tomonlama o‘ylanganligi va asoslanganligini, tub islohotlarni 
amalga oshirishning bosichma-bosqichligini, reja va maqsadlarga tomon harakatdagi 
sobitqadamlikni taqozo etadi. Mamlakatimizda chuqurlashgan jahon-moliyaviy inqirozi 
sharoitida barqaror o‘sish sur’atlarining saqlanib qolishi esa tanlangan mustaqil taraqqiyot 
yo‘limiz va unga muvofiq amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatimizning nechog‘liq 
to‘g‘ri ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.
Ushbu masalalarning keng tahlili hamda ularni yanada chuqurroq hal etish borasida 
Prezidentimiz I.Karimov shu yilning 29 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida 
ma’ruza qildi. Unda mamlakatni rivojlantirish, yangilash, modernizatsiya qilishning to‘g‘ri 
tanlangan strategiyasi, qabul qilingan 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi 
choralar dasturini bajarish borasida o‘tgan yilda kuch va imkoniyatlarning safarbar qilinishi 
tufayli global inqirozning oqibatlari va tahdidlariga nafaqat bardosh berishga, balki iqtisodiy 
va ijtimoiy rivojlantirishning barqaror sur’atlarini, xalq bardamligi va farovonligini 
oshirishni ta’minlashga muvaffaq bo‘linganligi qayd etildi. 
Ma’ruzada 2009 yilda chuqurlashgan jahon-moliyaviy inqirozi sharoitida 
O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atlari 


46 
ta’minlanishi jahon hamjamiyatida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «o‘zbek 
modeli» sifatida e’tirof etilgan iqtisodiyotni isloh qilishning beshta asosiy tamoyiliga 
asoslangan va respublikada tanlangan iqtisodiy yo‘lning to‘g‘riligini inkor qilib 
bo‘lmaydigan yana bir bor isboti ekanligi alohida ta’kidlandi.
SHuningdek, 
ma’ruzada 
2010 
yilda 
mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning quyidagi eng muhim ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi: 
1) islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va 
modernizatsiya qilish, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini 
so‘zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, 
samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash;
2) bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash;
3) mamlakatimizning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotni 
tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish;
4) asosiy etakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, 
transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik 
ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish;
5) qishloqda uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish;
6) aholi bandligini ta’minlash, shu tariqa odamlarning daromadini yanada oshirish va 
hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etish;
7) 2010 yil – «Barkamol avlod yili» Davlat dasturini amalga oshirish.
Prezidentimizning ushbu ma’ruzasida belgilab berilgan O‘zbekiston iqtisodiy 
rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy 
muvozanatni ta’minlash, bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish, strategik 
ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish, 
xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va 
samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a’zolari tomonidan ularning mazmun-
mohiyatini teran va chuqur anglab etilishini taqozo etadi. Ayniqsa, 2010 yilni «Barkamol 
avlod yili» deb nomlanishi hamda bu boradagi maxsus Davlat dasturining ishlab chiqilishi 
yoshlarning jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, ularning eng zamonaviy intellektual 
bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib etishi yo‘lida barchamizdan aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni talab etadi. 
SHunga ko‘ra, «

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə