Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Tijorat banklarining kapitali tushunchasi va uni hisoblash tartibi



Yüklə 74,63 Kb.
səhifə2/7
tarix26.10.2023
ölçüsü74,63 Kb.
#132196
1   2   3   4   5   6   7
КУРС ИШИ 5 tayyor

1. Tijorat banklarining kapitali tushunchasi va uni hisoblash tartibi.
Bank o’z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib o’tish kerakki, bank nazariyasida bank o’z mablag’i va o’z kapitali tushunchalari farq qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan «O’z mablag’i» tushunchasi – keng ma’noli, u o’z ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni (bankning ustav, rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilgandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini) oladi. Bankning o’z kapitali bu hisob-kitob yo’li bilan aniqlanadigan kattalik. U iqtisodiy ma’nosiga ko’ra bank kapitali funktsiyalarini bajaradigan o’zlik mablag’larni ichiga oladi.Bankning o’z kapitali – bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag’laridan farqli o’laroq, bevosita bankning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqi shundaki, bankning o’z kapitali aylanma mablag’larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizni tashkil qiladi.Bank kapitaliga bankning o’z mablag’larining asosiy elementlari kiradi, ya’ni qonunchilikka muvofiq tashkil topgan asosiy fondlar, bank faoliyatini ta’minlash maqsadida ichki manbalar hisobiga tashkil topgan rezervlar kiradi. Ular quyidagi shartlarga javob berishi kerak.
-bank faoliyatining barqarorligi;
-kreditor xuquqlari bo’yicha subordinatsiyalanganlik;
-qayd qilib yozilgan daromadlarning yo’qligi.
Bankning o’z kapitali deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga qaratilgan maxsus tashkil qilinadigan fond va rezervlarni tushunishimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, rezerv kapitali, ta’sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o’tgan va joriy yilda taqsimlanmagan foydasi, turli risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar kiradi va u bank faoliyatida muhim funktsiyalarni bajaradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, bank kapitali I va II darajali kapitaldan iborat bo’lib,
I darajali kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a)to’liq to’langan va muomalaga kiritilgan oddiy aktsiyalar;
b)nokumulyativ imtiyozli aktsiyalar.
Bu aktsiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohishiga ko’ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq, ular bo’yicha dividendlar to’lanmasligi mumkin.
v) qo’shimcha kapital – oddiy va imtiyozli aktsiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;
g)taqsimlanmagan foyda ;
1)kapital zaxiralar;
2)avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi;
3)joriy yil zararlari.
d) aktsiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aktsiyadorlik hisob varaqalarida o’sishi.Bu ulush shu’ba korxonalari hisob varaqalari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a)joriy yildagi sof foyda;
b)riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 125 foizi va hisob- kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdoridagi umumiy zahiralar. Nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aktsiyalar. Bu aktsiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohishiga ko’ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq, ular bo’yicha dividendlar to’lanmasligi mumkin.
v) hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar.
g) subordinar qarz bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash muddati etib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 30 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarzlar garov ta’minotiga ega bo’lmasligi, bank tugatilayotganda talablari qondirilganidan so’ng amalga oshirilishi, boshlang’ich to’lov muddati 5 yildan ortiq bo’lishi lozimushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitlar.(1-jadval)

Yüklə 74,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə