Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Tijorat banklari kapitalini yetarliligini tahlil qilish va baholash



Yüklə 74,63 Kb.
səhifə5/7
tarix26.10.2023
ölçüsü74,63 Kb.
#132196
1   2   3   4   5   6   7
КУРС ИШИ 5 tayyor

2.Tijorat banklari kapitalini yetarliligini tahlil qilish va baholash.
Xalqaro bank amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari kapitalining samaradorligini va uning yetarliligini ta’minlamasdan turib, banklarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini qozonish mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, bank kapitalining mavjudligi bankni tashkil topishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun eng asosiy zaruratlardan biridir. Aytish joizki, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlangan, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan jahon moliyaviy inqirozi natijasida yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik va to‘lov qobiliyati zaiflashib borayotgan bir paytda, banklarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlashda bank kapitali va uning yetarlilik darajasi birlamchi zaruriy omil bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarining samaradorligini ta’minlashda tijorat banklari kapitalini shakllantirish va uning muvofi qligini ta’minlashga erishish muhim o‘rin tutadi. Xalqaro bank amaliyotida bank kapitali va uning yetarliligini ta’minlash masalasiga to‘xtalishdan oldin bank kapitalining iqtisodiy mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish joiz. Bank kapitali murakkab kategoriya sifatida «bank ishi»da muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u bank faoliyatining boshlang‘ich moliyaviy asosi va keyinchalik uning rivojlanishi, barqarorligi hamda xavfsizligini ta’minlovchi manba bo‘lib hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, tijorat banki kapitali – bu bank faoliyatini moliyalashtirishning barqaror manbasi bo‘lib, bankning operatsion jarayonida kutilmaganda yuzaga keladigan zararlarni qoplash imkonini beruvchi o‘ziga xos himoya vositasidir. Bank kapitalining iqtisodiy mazmuni yanada to‘liqroq u bajaradigan funksiyalarda namoyon bo‘ladi.Bank kapitalining quyidagi ikkita funksiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Himoya funksiyasi. Bank omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bank kapitalining asosiy funksiyasi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki bank aktivlarining asosiy qismi omonatchilar hisobiga shakllantiriladi. Himoya funksiyasi zarar ko‘rish xavfi tug‘ilganda aktiv rezervlar shakllantirish yo‘li orqali bankning to‘lov qobiliyatini saqlab qolish, agarda bank tugatilganda omonatchilarga kompensatsiya to‘lash imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, bankning keyingi faoliyatiga keng yo‘l ochib beradi. Kapital o‘ziga xos himoya yostig‘i rolini o‘ynab, yirik ko‘zda tutilmagan xarajatlar sharoitida bank operatsiyalarini davom ettirish imkoniyatini beradi. Bank kapitalining mavjudligi uning ishonchliligi va likvidliligining birinchi shartidir.
2. Bank kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham bajaradi. Bank kapitalini tartibga soluvchi funksiyasi bankning ssuda va investitsion operatsiyalarini chegaralashni nazarda tutadi. Bank kapitali yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishi uchun quyidagi uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozim:
1. U uzoq muddatli bo‘lishi zarur (doimiy). Tijorat banklarining kapitali uzoq muddatli bo‘lishi zarur deganda, asosiy e’tibor kapital egasining ushbu mablag‘ni istalgan paytda talab qilish imkoniyatining chegaralanganligi nazarda tutilmoqda. Agar bank aksiyadori istalgan paytda bank kapitalini shakllantirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘ni to‘liq yoki qisman qaytarib olsa, bank iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushib qolishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi3 qonunda «Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil
_________________________
3 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 25.04.1996 yildagi 216-I-son
mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar», deya qayd etilgan. Demak, tijorat banklari nizom kapitaliga qo‘yilgan mablag‘larni bir yil davomida erkin ishlatish huquqiga ega.
2. Bank kapitali majburiy to‘lovlarga tobe bo‘lmasligi kerak. Tijorat banklari kapitalining majburiy to‘lovlardan ozodligi bankning barqaror faoliyat yuritishiga keng imkoniyat yaratadi. Aksincha, bank kapitali soliq, penya va boshqa to‘lovlar, shuningdek, bankning majburiyatlari bo‘yicha tobe bo‘lsa, uning iqtisodiy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va kapital doimo iqtisodiy jihatdan xavf ostida bo‘ladi. Mazkur holat banklarga o‘z nomidan moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirishda, omonatchilar va investorlarni bankka jalb qilishda hamda aholining ishonchini ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
3. Bank kapitali omonatchilar va kreditorlarning huquqiy manfaatidan mustaqil bo‘lishi lozim. Tijorat banklari moliyaviy vositachi sifatida omonatchilar va kreditorlardan juda katta miqdorda mablag‘larni jalb etadi. Bank kapitali jalb qilingan mablag‘larni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar bo‘yicha omonatchilar va kreditorlarning manfaatiga bevosita bog‘liq bo‘lmasligi zarur. Ya’ni omonatchilar va kreditorlarning bank kapitaliga nisbatan hech qanday qonuniy yoki bilvosita da’volari mavjud bo‘lmasligi zarur. Tijorat banklari kapitali tarkibini oqilona shakllantirilishi bank kapitalining mustahkamligiga va uning yetarliligiga ijobiy ta’sir qiladi. Bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tijorat banklari kapitalining tarkibini shakllantirishda xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda. Xalqaro Bazel qo‘mitasining standartlariga asosan bankning jami kapitali asosiy va qo‘shimcha kapitalga ajratiladi. Ushbu standartlar birinchi marta 1988-yilda ishlab chiqilib, amaliyotga 1993-yildan boshlab joriy etilgan. Bazel standartlariga ko‘ra asosiy kapital quyidagi elementlardan tashkil topadi:
1.Ustav kapitalining to‘langan qismi (oddiy aksiyalar qiymati);
2.Muddatsiz imtiyozli aksiyalar;
3.Emission daromad;
4.Sof foyda hisobidan shakllantirilgan zaxira summalari;
5.Sof foyda.
6.O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi. Shunisi e’tiborga molikki, xorijiy bank amaliyotida banklarda audit tekshiruvi o‘tkazilib, audit xulosasi tasdiqlangunga qadar joriy yilning foydasi asosiy kapital tarkibiga kiritiladi. Audit xulosasidan keyin esa faqat taqsimlanmagan foyda kiritiladi. Xalqaro Bazel standartlari bo‘yicha banklarning qo‘shimcha kapitali tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiritiladi:
1. Kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxiraning riskka tortilgan aktivlar miqdorining 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi;
2. Qayta baholash zaxirasi. Bunda bankka tegishli bino va inshootlar hamda yerning qiymatini qayta baholash natijasida yuzaga keladigan zaxira miqdori tushuniladi;
3. Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari.
4. Konsolidatsiyalashgan sho‘ba korxonalarini tashkil etish maqsadida yo‘naltirilgan qo‘yilmalar. Bazel andozalari bo‘yicha konsolidatsiyalashgan sho‘ba korxonalari deganda bank qoshida tashkil etilgan, mustaqil balansga ega bo‘lmagan kredit muassasalari (lizing, faktoring, trast, forfeyting kompaniyalari) ko‘zda tutiladi. Respublikamiz tijorat banklarining kapital tarkibi Markaziy bankning 1998-yil 2-noyabrda tasdiqlangan 420-sonli «Tijorat banklari kapitali ning yetarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi Nizomida quyidagicha keltirilgan:
I darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) to‘liq to‘langan va muomalaga chiqarilgan oddiy aksiyalar,
b) nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar: – muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas; – egasining xohishiga ko‘ra sotib olinishi mumkin emas; – bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofi q ularga doir dividendlar to‘lanmasligi mumkin; – ular bo‘yicha o‘tgan davrdagi olinmagan (nokumulyativ) dividendlar to‘lanmaydi;
c) qo‘shimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) — oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;
d) taqsimlanmagan foyda: – kapital zaxiralar; – avvalgi yillar taqsimlanmagan foydasi; – joriy yil zararlari.
e) ozchilik aksiya egalarining birlashgan korxonalar aksiyadorlik hisobvaraqlaridagi ulushi. Bu ulush sho‘ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida umumlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.
f) bankning ustav kapitalidagi valyuta qismiga teng bo‘lgan valyuta aktivlarini qayta baholanish hisobiga tashkil etilgan devalvatsiya zaxirasi.
II darajali kapital tarkibi esa quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda;
b) riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisobkitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy zaxira; c) hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin:
– to‘liq to‘langan bo‘lishi kerak;
– garov bilan ta’minlanmagan;
– bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari qondirilganidan so‘ng qondirilishi;
– aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank ruxsatisiz to‘lanishi mumkin emas;
– bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermasligi;
– agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa, emitent xohishiga ko‘ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividend larni to‘lash muddati kechiktirilishi mumkinligi;
a) Subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to‘lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik;
– bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitorlar talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;
– boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim. Bank kapitalining bosh maqsadi – riskni kamaytirish, «himoya devori» sifatida zararlarni qoplab, bank to‘lovga qobilligini saqlash imkonini berishdir. Shu bilan birga kapital bankni likvidlik muommasidan himoya qiladi va moliyaviy resurslar bozoriga kirish imkonini ta’minlaydi. Zero, yirik kapital bankka barqaror obro‘, omonatchilar ishonchini beradi. Bank kapitali mijozlarning bankka ishonchini mustahkamlaydi va kreditorlarni uning moliyaviy kuchiga ishontiradi. Bank kapitali bankning har qanday holatda mijozlarning kreditga bo‘lgan talabini qondira olishiga ishontirish uchun yetarlicha katta bo‘lishi kerak. Tijorat banklari kapital miqdori (Markaziy bank talabidan oshgan qismi) ularning o‘zi tomonidan mustaqil belgilansada, u ko‘p omillarga bog‘liq: Birinchidan, bank uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori uning mijozlari xususiyatlariga bog‘liq. Ya’ni mijozlar ichida yirik kreditga muhtoj korxonalar ko‘p bo‘lishi bank kapitali miqdorining ko‘p bo‘lishini talab qiladi. Ikkinchidan, tijorat banki kapitali miqdori uning aktiv operatsiyalariga bog‘liq. Bank operatsiyalari ko‘proq yuqori tavakkalchilik operatsiyalariga bog‘liq bo‘lsa, u holda bankning kapitali ham ko‘p bo‘lishi kerak. Uchinchidan, bank kapitali miqdori Markaziy bank yuritayotgan pulkredit siyosati va kredit resurslari bozori rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Bank kapitali bankning uzoq vaqt samarali va barqaror faoliyat ko‘rsatishining asosiy omili hisoblanadi. Chunki: Birinchidan, bank kapitali «Qora kun» uchun asosiy resurs hisoblanadi, bank joriy yo‘qotishlarni kapital hisobidan qoplash yo‘li bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, bankni bankrotlikdan saqlab qolishi mumkin. Ikkinchidan, bank kapital bank o‘z faoliyatini keng qamrovli olib borib mablag‘larni jalb qilish, resurs bazasini tashkil qilguncha uning faoliyatini asosiy manbasi hisoblanadi. Uchinchidan, bank kapitali bank faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, bankning obro‘sini oshirib, mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. To‘rtinchidan, kapital bankning tashkiliy jihatdan o‘sishiga, yangi xizmatlar ko‘rsatishga imkon beruvchi manba shaklida namoyon bo‘ladi. Bank kapitali bankning uzoq muddatdagi kelajagini, hayotiyligini va o‘sishini bir maromga keltirib turuvchi regulyator hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, bank kapitali – bu bank tijorat faoliyatining asosi bo‘lib, uning mustaqilligini ta’minlaydi va moliyaviy barqarorligini kafolatlaydi hamda bank risklarining salbiy oqibatlarini yengillashtiradi. Bank kapitali bank balansining passivida joylashgan bo‘lib, bank bankrot holatiga tushganda da’volarni qoplashning muhim qoplash (zaxira) fondi hamda bank operatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi bo‘lib hisoblanadi. Bank barqarorligini ta’minlash, xavf-xatarli qo‘yilmalarni sug‘urtalash hamda aktiv va passiv operatsiyalar orasidagi chegaralarni aniqlashda bank kapitali muhim asos hisoblanadi. Bank kapitali likvidlikning kafolatlangan manbasi bo‘lib, u maksimal jalb qilish mumkin bo‘lgan resurslarni aniqlaydi va kredit operatsiyalarini bajarishda maksimum qo‘yish mumkin bo‘lgan xatarni belgilaydi.

Yüklə 74,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə