Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklari kapitalini oshirish muammolari va kengaytirish yo’llari



Yüklə 74,63 Kb.
səhifə6/7
tarix26.10.2023
ölçüsü74,63 Kb.
#132196
1   2   3   4   5   6   7
КУРС ИШИ 5 tayyor

3.O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklari kapitalini oshirish muammolari va kengaytirish yo’llari.
Bugungi kunda, mamlakatimiz tijоrat banklari оldida bir qancha muammоli va muhоkamali hоlatlar mavjud. Tijоrat banklarining kapital bazasini mustahkamlash bо’yicha banklar tоmоnidan bir qancha amaliy ishlar оlib bоrilmоqda. Buning natijasida bankning barqarоr faоliyat оlib bоrish imkоnini beruvchi samarali resurs bazasini shakllantirish muhim hisоblanadi. Bilamizki, banklarning kapitalini оshirish hamda ularning barqarоr faоliyat yuritishi uchun barqarоr resur bazasiga ega bо’lishi va uni tashkil qilishi, banklar yetarlicha erkin faоliyat оlib bоrishi uchun qulayliklar va mustaqillik darajasini ta’minlab berish kerak deb о’ylaymiz. Amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarimiz bank kapitali tarkibini oqilona shaklllantirish va uning yetarliligini ta’minlash borasida quyidagi muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tamiz:
1. Tijorat banklari jami kapitali tarkibida qo‘shimcha kapital salmog‘ining juda kichikligi. Ushbu muammoning mohiyati shundaki, respublikamiz tijorat banklari jami kapitalining mutlaq asosiy qismi asosiy kapitaldan iborat. Tijorat banklari jami kapitalining o‘rtacha 95 foizi asosiy kapital hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2. Tijorat banklari kapitali tarkibida aniqlikning yetishmasligi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2015-yil 6-iyulda tasdiqlangan 2693-sonli “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to‘g‘risida” gi nizomga muvofiq “kapital zaxiralar” tushunchasi taqsimlanmagan foyda tarkibiga kiritilgan. Vaholanki, xorij amaliyotida (asosan rivojlanayotgan davlatlarda) bank ustav kapitali miqdorida tashkil etiladigan kapital zaxiralar taqsimlanmagan foyda tarkibida bo‘lmaydi4. Respublikamiz tijorat banklari hisobvaraqlar rejasida ham kapital zaxiralarni taqsimlanmagan foyda tarkibiga kiritilmagan. Kapital zaxira mohiyatiga ko‘ra ustav kapitalini oshirishni ta’minlovchi manba sanaladi. Kapital zaxiralarni nizomda taqsimlanmagan foyda tarkibidan chiqarib, alohida qayd etish va aynan qaysi manbalar kapital zaxira sifatida qaralishi aniqlashtirilsa fikrimizcha, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Tijorat banklari kapital yetarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ustav kapitalining valuta qismini qayta baholash hisobiga yaratilgan devalvatsiya zaxirasi I darajali kapital tarkibiga kiritilgan. Biroq, II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarzlar talablari sifatida devalvatsiya zaxirasini yana bir bor uchratishimiz mumkin. Bu holatga ham oydinlik kiritilishi lozim deb hisoblaymiz.
3. Tijorat banklari aktivlarining risklilik darajasi pastligi va buning natijasida bank aktivlarining daromadlilik darajasining pastligi. Bunga sabab ko‘pgina tijorat banklarimizning filial tarmog‘ining kengligi va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarining rivojlanmaganligi katta miqdorda banklarda kassa aktivlarining to‘planib qolishiga olib kelmoqda. Shuningdek, amaliyotda ham yuqori riskli va daromadli aktivlar hali mavjud emas. Tijorat banklarining qimmatli-qog‘ozlar, qimmatbaho metallar bilan muddatli va naqd bitimlar tuzish, hosilaviy instrumentlardan foydalanish keng rivojlanmagan. Qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi qilish kamida bir kunni talab etadi. Xorij amaliyotida esa likvid qimmatli qog‘ozlar savdosi yarim soatlik jarayon hisoblanadi.

________________________


4O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 06.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2693
4. Bank aktivlarini tasniflashning samarali tizimi mavjud emasligi. Amaliyotimizda tijorat banklarimiz qonunchilikka muvofiq faqat kreditlarni tasniflash va ularga ehtimoliy yo’qotishlar uchun maxsus zaxirani shakllantirishlari belgilangan. Maxsus zaxira bank xarajatlari hisobidan shakllantirilib, ularning hisobi kontraktiv hisobvaraqlarda yuritiladi. Tijorat banklarida muddati o‘tgan ssudalarni yashirish imkoniyati mavjudligi banklarga kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo’qotishlar uchun maxsus zaxirani shakllantirish xarajatlarini kamaytirish orqali bank sof foydasini asossiz oshirish va yuqori kapital yetarliligiga ega bo‘lish imkonini beradi. Shuningdek tijorat banklari tomonidan boshqa aktivlarni (investitsiya, qimmatli-qog‘ozlar va boshqalar) tasniflanmasligi va ular bo‘yicha majburiy ravishda ehtimoliy yo‘qotishlar uchun zaxiralar shakllantirilmasligi bank aktivlari tarkibida sifatsiz aktivlarning yashirinishiga, bank tomonidan zararli va foydasiz aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarilmasligiga hamda bank moliyaviy ahvolini noto‘g‘ri baholanishiga sabab bo‘ladi. Xorij amaliyotida balansdan tashqari aktivlar uchun qayta baholash hamda ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini shakllantirilishini ko‘rish mumkin. Ular II darajali kapitalning elementlari sanaladi. Respublikamiz tijorat banklari balansdan tashqari aktivlarida zaxiralar shakllantirilmaydi va moliyaviy hisobotlar chop etilganda balansdan tashqari moddalar ko‘rsatilmaydi. Bu ham bank balansdan tashqari aktivlarining noto‘g‘ri tasniflanishiga sabab bo‘ladi.
5. Tijorat banklari kapitalining tarkibini shakllantirish va uning minimal darajasiga nisbatan qo‘yiladigan talablar xususida yagona yondoshuvning mavjud emasligi.
6. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) amal qilmaganligi uchun bu birlashgan korxonalarga qilingan investitsiyalarni kapital hisobida aks ettirib bo’lmayotganligi.
7. Tijorat banklari kapitali tarkibida olingan emission daromadlar deyarli sezilmaydigan darajada. Bu holat banklarimiz aksiyalari qimmatbaho qog‘ozlar bozorida deyarli nominal bahosi miqdorida sotiladi. Ularning bozor (real) bahosiga ta’sir etuvchi omillar yo‘qligicha qolmoqda.
8. Bank daromdlarining asosiy qismini foizlardan olingan daromadlar va vositachilik haqlari tashkil etmoqda. Aslini olganda foizli daromadlar va vositachilik haqlaridan olinadigan daromadlar qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi, lekin muammo shundan iboratki banklarimizning boshqa operatsiyalaridan oladigan daromadlari salmog‘i juda past darajadaligicha qolmoqda.
9. Bugungi kungacha Respublikamiz tijorat banklarining aktiv operatsiyalari tarkibida qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan fond operatsiyalar ulushi deyarli ozligicha qolmoqda. Buning oqibatida bank daromadlari tarkibida ham fond operatsiyalaridan olinadigan daromadlar ham deyarli yo‘qligicha qolmoqda. Bizga ma’lumki rivojlangan mamlakatlar tijorat barnklari fond bozorining aktiv ishtirokchilari hisoblanadi va ularning aktivining asosan 30-35 foizini fond bozoridan xarid etilgan qimmatbaho qog‘ozlar tashkil etadi. Chunki ular xarid qilingan davlatning va boshqa likvid hisoblangan korporativ qimmatbaxo qog‘ozlardan dividend tariqasida daromad olinadi va bu daromadning miqdori jami daromadlarida salmoqli o‘rinni egallaydi.
10. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan aksiyalarni joylashtirish bilan bog‘liq muammolar. Banklar tomonidan taklif etilayotgan dividendlarning o‘rtacha yillik stavkasi banklardagi depozit stavkalari bilan deyarli bir xil, bundan tashqari ular o‘zgaruvchan bo‘lib, bank faoliyati bilan bog‘liq muammolar natijasida dividendlar miqdori kamayib ketishi mumkin.
11. Taqsimlanmagan foyda salmog‘ini oshirish borasida aksiyadorlar o‘rtasida manfaatlar kelishmovchiligining yuzaga kelishi. Bank kapitalini oshirishning yana bir yo‘li yil davomida olingan sof foydani dividendlarga yo‘naltirmasdan ularni taqsimlanmagan foyda sifatida qoldirishdir. Bank aksiyadorlarining kiritgan investitsiyalaridan bir yil davomida daromad olmasliklari ular va bank boshqaruvi o‘rtasida kelishmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lilishi mumkin.
12. Iqtisodiy retsessiya sharoitida sof foydani oshirish imkoniyatining cheklanishi. Iqtisodiyotdagi tebranishlar banklar faoliyatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Chunki bank xizmat ko‘rsatadigan mijozlar faoliyatidagi muammolar bankka ikki tomonlama zarar etkazishi mumkin:
- mijozlar hisobraqamlariga pul mablag‘larini o‘z vaqtida kelib tushmasligi, resurs bazasini shakllantirish bilan bog‘liq muammoni, bu esa o‘z navbatida likvidlik riskini keltirib chiqaradi (oxirgi moliyaviy inqiroz paytida ko‘pgina yirik xorij banklari ushbu muammoga duch kelishgan);
- mijozlarga ajratilgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytmasligi natijasida muammoli kreditlar va ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zahiralarning miqdori oshib ketadi. Ushbu ikkala ta’sir ham bank xarajatlarining oshishiga va sof foydasining kamayishiga sabab bo‘ladi, ya’ni:
- likvidlikni qimmat manbalar hisobidan ta’minlashga to‘g‘ri keladi;
- ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zahiralar bank xarajatlari hisobiga tashkil etiladi. Shuningdek, tashkil etilgan zahiralar miqdoridagi mablag‘lar Markaziy bankning maxsus hisobraqamlariga deponentlanishi likvid aktivlar miqdorini yanada kamaytiradi.
13. Sudda ko‘rib chiqilayotgan va belgilangan tartibda undirilmagan aktivlarga o‘ta yuqori (150%) tavakkalchilik darajasi qo‘llanilishi bilan bog‘liq muammolar. Sud jarayonidagi aktivlarga 150 foiz tavakkalchilik darajasi qo‘llanilsa, riskka tortilgan aktivlarning umumiy summasi sezilarli ravishda oshadi, bu esa, kapital yetarliligi ko‘rsatkichini tushirib yuboradi. Bundan tashqari sud jarayonidagi aktivlarni hisobini yuritish bo‘yicha aniq tartib mavjud emas.
14. Yangi likvidlilik talablarini joriy etish hisobiga daromadlilikning pasayishi. 2015-yil 1-yanvardan boshlab joriy likvidlik koeffitsientining minimal darajasi 100 foiz etib belgilandi. Bu me’yoriy talabni bajarish uchun banklar kamida talab qilib olinguncha va qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan majburiyatlar miqdorida yuqori likvidli aktivlarga ega bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, lahzalik likvidlik koeffitsienti ham 2017-yildan joriy etilib, 20 foiz qilib belgilandi. Bu esa, o‘z navbatida, banklar aktivlarining ko‘p miqdorini likvid aktivlarga yo‘naltirishga majbur qiladi va ulardan daromad olish imkoniyatini cheklab qo‘yadi.
15. Inflyatsiya darajasining yuqori ekanligi bank aksiyalarining bozor bahosiga salbiy ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Inflyatsiyaning
yuqori darajasi investorlar tomonidan bank aksiyalarini sotib olishga qilingan qo‘yilmalarning va ulardan olinadigan daromadlarning real qiymatini pasayishiga olib keladi
16. Kapitalni oshirishga haddan ortiq talabning ko’payishi. Chet ellik iqtisodchi olimlar Besanko va Kanatas hamda Boot va Greenbaum fikriga ko’ra, kapitalga bo’lgan talab rag’batlantirish jarayonini sustlashtiradi, bu esa bank portfeli sifatini tushiradi. Berger va Mester kabi olimlar ham Besanko va Kanatas hamda Boot va Greenbaum fikrlarini inkor etmagan holda, banklar kapitalga bo’lgan talabi tufayli samarasiz va nobarqaror holatga tushib qoladi deb hisoblaydilar. Hakenes va Schnabel singari olimlar esa bunga boshqa tomondan yondashgan holda, kapitalga qo’yilgan qattiq talablar individual kreditlar riskini oshiradi va bank defolti ehtimolini oshiradi deb hisoblaydilar. Chunki bu talablar kredit bo’yicha raqobatni kuchsizlantiradi va shu orqali bank sektorini nobarqarorlashuviga olib keladi. Yuqorida biz sanab o’tgan muammolarni hal etish, har qanday bank uchun juda muhim vazifalardan sanaladi.

Yüklə 74,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə