[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-bob. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə23/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O‘RQ-819 27.02.2023

7-bob. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
46-modda. Qonunchilikda va texnik reglamentda belgilangan majburiy talablarga rioya etilmagan taqdirda ishlab chiqaruvchining, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakilining, sotuvchining, import qiluvchining javobgarligi
Belgilangan tartibda ogohlantirish olganidan keyin texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarlikni davom ettirganlik yoki bartaraf etmaganlik uchun jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Belgilangan tartibda ogohlantirish olganidan keyin texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarlikni davom ettirganlik yoki bartaraf etmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi tomonidan qonunchilikda va texnik reglamentda mahsulotga doir nazarda tutilgan majburiy talablarga rioya etilmagan taqdirda, ularga nisbatan:
huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda — majburiy talablarga muvofiq bo‘lmagan, realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining ellik foizigacha miqdorda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi;
xuddi shunday huquqbuzarlik ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil davomida takroran sodir etilganda — majburiy talablarga muvofiq bo‘lmagan, realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining yuz foizigacha miqdorda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, bundan mahsulotni ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari, sotuvchilar yoki import qiluvchilar sodir etilgan huquqbuzarlikda aybdorligini tan olgan va moliyaviy sanksiyalar summasi bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langan hollar mustasno.
Undirilgan jarima summasining ellik foizi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
Agar mahsulotga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga yoki usullariga nisbatan qonunchilikda va texnik reglamentda belgilangan majburiy talablarga ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi tomonidan rioya etilmaganligi natijasida fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, davlat mulkiga, atrof-muhitga, hayvonlarga yoki o‘simliklarga zarar yetkazilsa yoki shunday zarar yetkazilishi xavfi yuzaga kelsa, ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi, ijrochi yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikka muvofiq qoplashi hamda boshqa shaxslarga, ularning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida choralar ko‘rishi shart.
Zararning o‘rnini qoplash majburiyati shartnoma yoki taraflardan birining arizasi bilan cheklanishi mumkin emas.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyani qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan ushbu Qonunga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
Jarimani to‘lash yuridik shaxslarni mahsulot xaridorlariga (iste’molchilariga) yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə