[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Davlat nazorati organlarining va ular mansabdor shaxslarining javobgarligi



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə18/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

37-modda. Davlat nazorati organlarining va ular mansabdor shaxslarining javobgarligi
Davlat nazorati organlari va ularning mansabdor shaxslari nazorat tadbirlari o‘tkazilayotganda o‘z vakolatlarini (xizmat vazifalarini) bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoki g‘ayrihuquqiy harakatlar (harakatsizlik) sodir etgan taqdirda, belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Davlat nazorati organlari aybdor bo‘lgan o‘z mansabdor shaxslariga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan tadbirkorlik subyektlariga bir oy ichida xabar qilishi shart.
38-modda. Mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi axborot
Muomalaga chiqarilgan mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi yoki ijrochi mazkur axborot olingan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida bu haqda davlat nazorati organiga xabar qilishi shart.
Muomalaga chiqarilgan mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi axborotni olgan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi yoki ijrochi uni ishlab chiqaruvchiga o‘n kun ichida yetkazishi shart.
Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi yoki ijrochi hisoblanmaydigan va muomalaga chiqarilgan mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxs ushbu axborotni davlat nazorati organiga yuborishga haqli.
Davlat nazorati organi muomalaga chiqarilgan mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi axborotni olgach, axborot kelib tushganligi haqida ishlab chiqaruvchini, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakilini, sotuvchini, import qiluvchini yoki ijrochini besh kun ichida xabardor qilishi shart.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq emas deb topilgan mahsulotlar reyestridan mahsulotni u mazkur reyestrga kiritilgan kundan e’tiboran olti oy ichida chiqarish, shuningdek mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi va import qiluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va erkin muomalaga chiqarish taqiqlanadi.
39-modda. Mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risida axborot olingan taqdirda ishlab chiqaruvchining, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakilining, sotuvchining va import qiluvchining majburiyatlari
Agar amalga oshiriladigan tadbirlar mazmunidan uzoqroq muddatni belgilash zarurati kelib chiqmasa, ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi axborot olingan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu axborotning ishonchliligini tekshirishi shart. Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi mazkur tekshiruv materiallarini davlat nazorati organining talabiga ko‘ra ushbu organga taqdim etishi shart.
Mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligi tasdiqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar dasturini bunday axborotning ishonchliligi tasdiqlangan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida ishlab chiqishi va ushbu dasturni o‘z vakolatlariga muvofiq davlat nazorati organi bilan kelishishi shart.
Zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar dasturi xaridorlarni (iste’molchilarni) zarar yetkazilishi xavfi mavjudligi va uni bartaraf etish usullari, shuningdek bunday tadbirlarni amalga oshirish muddatlari to‘g‘risida xabardor qilishga doir tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Agar zarar yetkazilishini bartaraf etish uchun qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirish zarur bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi zarar yetkazilishini bartaraf etishga doir barcha tadbirlarni o‘z hisobidan amalga oshirishi shart, ularni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa, mahsulotning chaqirib olinishi to‘g‘risida e’lon qilishi va xaridorlarga mahsulot chaqirib olinishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashi shart.
Mahsulotning nuqsonlarini bartaraf etish, shuningdek uni nuqsonlar bartaraf etiladigan joyga yetkazish hamda xaridorlarga va (yoki) iste’molchilarga qaytarish ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi tomonidan o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
Mahsulotni muomaladan chiqarish sotuvchilar tomonidan o‘z tasarrufidagi tegishli mahsulotning ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchiga qaytarilishini va xaridorlarga (iste’molchilarga) bunday mahsulotni taklif etish tugatilishini nazarda tutadi.
Mahsulotni chaqirib olish xaridorlarga (iste’molchilarga) sotib bo‘lingan tegishli mahsulotning uni ishlab chiqaruvchiga qaytarilishini nazarda tutadi.
Agar zarar yetkazilishi xavfini belgilangan tadbirlarni amalga oshirish orqali bartaraf etish mumkin bo‘lmasa, ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi mahsulotni ishlab chiqarishni va realizatsiya qilishni darhol to‘xtatishi, mahsulotni chaqirib olishi hamda mahsulot chaqirib olinishi munosabati bilan yuzaga kelgan zararlarning o‘rnini xaridorlarga (iste’molchilarga) qoplashi, mahsulotga doir muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikatning yoki muvofiqlik haqidagi deklaratsiyaning amal qilishini darhol tugatishi shart.
Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi zarar yetkazilishini bartaraf etishga doir tadbirlar dasturining butun amalga oshirilish davrida xaridorlarga (iste’molchilarga) zarur harakatlar to‘g‘risida tezkor axborot olish imkoniyatini o‘z hisobidan ta’minlashi shart.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə