[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə16/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

33-modda. Mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majburiy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga faqat, agar mahsulot O‘zbekiston Respublikasida iste’mol qilish (foydalanish) uchun xavfsiz bo‘lsa, ruxsat beriladi.
Maxsus vakolatli davlat organi mahsulotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga va mazkur mahsulotdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani davlat tilida ishlab chiqishga doir talablarni belgilaydi.
34-modda. Muvofiqlikni baholash organini tayinlash (notifikatsiya qilish)
Tayinlash (notifikatsiya qilish) sohasi muvofiqlikni baholash tartib-taomillarining va mahsulot turlarining ro‘yxati bo‘lib, tegishli texnik reglamentga muvofiq ularga nisbatan muvofiqlikni baholash organi tayinlanadi.
Muvofiqlikni baholash organlari quyidagi hollarda muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini tegishli texnik reglamentlarga binoan uchinchi taraf sifatida bajarish uchun tayinlanishi (notifikatsiya qilinishi) mumkin, basharti ular:
mulk shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — yuridik shaxslar bo‘lsa;
so‘nggi uch yil davomida mahsulotning muvofiqligini baholash ishlarini bajarish tajribasiga ega bo‘lsa;
belgilangan soha doirasida mahsulotni sinashni amalga oshirish uchun akkreditatsiya qilingan o‘z sinash laboratoriyalariga ega bo‘lsa;
muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini tayinlangan (notifikatsiya qilingan) organlarni jalb etgan holda qo‘llash nazarda tutilgan tegishli texnik reglamentlarda belgilangan maxsus talablarga, bunday talablar texnik reglamentlarda belgilanmagan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus talablarga muvofiq bo‘lsa.
Tayinlovchi organ:
muvofiqlikni baholash organlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lmasligini ta’minlashi;
o‘zining tayinlash to‘g‘risidagi qarorlari beg‘arazligini kafolatlashi;
muvofiqlikni baholash organini tayinlashga taalluqli bo‘lgan har bir qarorning muvofiqlikni baholash organi bilan affillanmagan vakolatli shaxslar va muvofiqlikni baholashni amalga oshirayotgan shaxslar tomonidan qabul qilinishini ta’minlashi;
olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi kerak.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə