[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Muvofiqlik sertifikati



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə13/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

27-modda. Muvofiqlik sertifikati
Muvofiqlik sertifikati muvofiqlikni baholash obyektlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Muvofiqlikni baholash organi sertifikatlashtirishni arizachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiradi.
Sertifikatlashtirish muvofiqlikni baholash organi tomonidan muvofiqlikni baholash obyektlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomilidir.
Mahsulotning muayyan turlarini sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan sertifikatlashtirish sxemalari, arizachilarning doirasi tegishli texnik reglamentlarda belgilanadi.
Muvofiqlik sertifikati, basharti tanlangan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasiga binoan barcha tartib-taomillarning bajarilishi ijobiy natijalar bergan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash organi tomonidan arizachiga beriladi.
Muvofiqlik sertifikatini olishda ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi arizachi bo‘lishi mumkin.
Muvofiqlik sertifikatining shakllari va ularni rasmiylashtirish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Muvofiqlik sertifikati muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati texnik reglamentlarda yoki muvofiqlikni tasdiqlash sxemalaridan kelib chiqqan holda, muvofiqlikni baholash qoidalarida belgilanadi.
28-modda. Muvofiqlik belgisi
Muvofiqlik belgisi muvofiqlikni baholash obyektlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash tartib-taomilidan o‘tganligi to‘g‘risida xaridorlarni xabardor qilish uchun xizmat qiladi.
Muvofiqlik belgisi muvofiqlikni tasdiqlash tartib-taomilidan o‘tgan mahsulotni tamg‘alashda qo‘llaniladi.
Muvofiqlik belgisining shakli, unga doir texnik talablar va tamg‘alash tartibi milliy standartlarda belgilanadi.
Muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi muvofiqlik belgisini milliy standartlarda belgilangan, o‘zi uchun qulay bo‘lgan har qanday usullarda qo‘llashga haqli.
Muvofiqligi majburiy tasdiqlanishi lozim bo‘lgan va texnik reglamentlarda belgilangan talablar bo‘yicha muvofiqligi tasdiqlanishdan o‘tmagan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mahsulot mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan sertifikatlashtirilganda muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan kelishuv asosida ushbu ishlab chiqaruvchilarga va import qiluvchilarga muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi beriladi hamda muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun to‘lov undiriladi.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə