[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə9/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

16-modda. Texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar bu reglamentlarning dolzarbligi va ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan maqsadlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan ularni qayta ko‘rib chiqadi.
Agar texnik reglamentlarning qabul qilinishiga olib kelgan holatlar yoki sabablar boshqa mavjud bo‘lmasa yoxud o‘zgargan holatlar yoki sabablar savdoga nisbatan kamroq cheklovchi ta’sir ko‘rsatadigan usullardan foydalanishga imkon bersa, texnik reglamentlarga tegishli o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi yoki texnik reglamentlar bekor qilinadi.
Texnik reglamentlar:
kuchga kirgan kundan e’tiboran;
texnik reglamentlarni dastlabki tarzda qayta ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra ularga kiritilgan o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kuchga kirgan kundan e’tiboran;
tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan dastlabki tarzda qayta ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra ular o‘zgarishsiz qoldirilganligi to‘g‘risida axborot taqdim etilgan kundan e’tiboran besh yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
17-modda. Standartlarning texnik reglamentlarga muvofiqligi prezumpsiyasi
Agar mahsulot, uni ishlab chiqarish jarayonlari yoki usullari texnik reglamentda havola berilgan standartlar talablariga javob bersa, ular texnik reglament talablariga muvofiq deb topiladi.
Mahsulotning, uni ishlab chiqarish jarayonlarining yoki usullarining texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi prezumpsiyasini ta’minlaydigan standartlar ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
18-modda. Texnik reglamentlarning qo‘llanilishi va o‘tish davri
Texnik reglamentlar mahsulot kelib chiqqan mamlakatdan va (yoki) joydan, shuningdek mahsulotni ishlab chiqaruvchining, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakilining, sotuvchining yoki import qiluvchining mulk shaklidan qat’i nazar, bir xil tarzda va teng qo‘llaniladi.
Agar texnik reglamentda standartga yoki uning alohida qismiga oid havola mavjud bo‘lsa, mazkur standart yoki uning alohida qismi bajarilishi shart.
Texnik reglamentda uni amalga kiritishning o‘tish davri vaqtini belgilovchi muddati va shartlari nazarda tutilishi, bu davr mobaynida texnik reglamentning amalga kiritilishi hamda mahsulotning ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq masalalar hisobga olinishi kerak.
Agar texnik reglamentga kiritilgan mahsulot muomalaga chiqariladigan bo‘lsa va mazkur texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lmasa, o‘tish davri mobaynida mahsulotdan foydalanish taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin emas.
Agar texnik reglamentni qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra mahsulotga doir texnik talablar o‘zgarmagan yoki ahamiyatsiz tarzda o‘zgargan bo‘lsa, o‘tish davri belgilanmaydi.
Texnik reglamentlarda yoki ular tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarda o‘tish davrining texnik reglamentlarni qo‘llashga oid boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi kuchga kirmagan texnik reglament talablarini o‘tish davri mobaynida qo‘llash, shuningdek mahsulotning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlardan foydalanish huquqiga ega.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə