[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə17/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

5-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish
35-modda. Davlat nazorati organlari
Texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati davlat nazorati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Davlat nazorati organlarining vakolatlari, ularning texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi, shuningdek davlat nazorati organlarining akkreditatsiya organi bilan hamkorligi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat nazoratini amalga oshirish chog‘ida tekshirishlar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Nazorat choralari texnik reglamentlarda belgilangan talablar asosida, mahsulot muomalaga chiqarilayotgan (iste’molchiga realizatsiya qilinayotgan) bosqichda amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar texnik reglamentlarda mahsulotni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, montaj qilish, ishga tushirish, undan foydalanish, uni saqlash, tashish, realizatsiya hamda utilizatsiya qilish bilan bog‘liq jarayonlarga doir talablar mavjud bo‘lsa, ushbu talablarning bajarilishini ta’minlashga doir nazorat choralari ham qabul qilinishi kerak.
Namunalarni olish, tekshirish, sinash va (yoki) o‘lchash tarzidagi nazoratni amalga oshirishda davlat nazorati organlari tegishli texnik reglamentlarda belgilangan sinash va o‘lchash usullaridan foydalanadi.
Xavfni baholashning aniq mezonlari, davlat nazorati organlari tegishli cheklovchi choralarni tanlaydigan shartlar va holatlar belgilanishi kerak bo‘lgan cheklovchi choralarni ko‘rish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
36-modda. Davlat nazorati organlarining huquq va majburiyatlari
Davlat nazorati organlari quyidagi huquqlarga ega:
ishlab chiqaruvchidan, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakilidan, sotuvchidan va import qiluvchidan muvofiqlik sertifikatining yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami haqida axborot taqdim etilishini, agar bunday hujjatlarning mavjud bo‘lishi tegishli texnik reglamentda nazarda tutilgan bo‘lsa, talab qilish;
qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini amalga oshirish;
texnik reglamentlar talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchiga, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakiliga, sotuvchiga va import qiluvchiga ko‘rsatmalar berish;
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish zarurligi to‘g‘risidagi axborotni sertifikatni bergan muvofiqlikni baholash organiga va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish;
muvofiqlikni baholash organiga muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida, deklaratsiyani qabul qilgan shaxsga muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish haqida ko‘rsatma berish hamda muvofiqlik sertifikatining, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoxud tugatish haqida ko‘rsatma berilganligi to‘g‘risidagi axborotni akkreditatsiya organiga yuborish;
ishlab chiqaruvchini, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakilini, sotuvchini va import qiluvchini ushbu Qonunda hamda qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortish;
ishlab chiqaruvchidan, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakilidan, sotuvchidan va import qiluvchidan mahsulotning texnik reglament talablariga muvofiqligini majburiy tasdiqlashni amalga oshirish chog‘ida foydalanilgan dalillar hamda boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilish;
muvofiqlik sertifikatining, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turish, tugatish haqida qaror qabul qilish;
texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotni muomalaga chiqarishni taqiqlash yoki to‘xtatib turish, muomaladan chiqarish yoki chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish hamda ushbu qaror haqida o‘z vakolatlariga muvofiq tegishli davlat nazorati organlarini xabardor qilish va (yoki) ushbu mahsulotdan foydalanishni qoidabuzarliklar bartaraf etilguniga qadar taqiqlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llash.
Davlat nazorati organlari:
nazorat tadbirlari davomida texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirishi, mavjud texnik reglamentlar haqida xabardor qilishi;
tijorat sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etmasligi;
qonunchilikda belgilangan nazorat tadbirlarini amalga oshirish va bunday tadbirlar natijalarini rasmiylashtirish tartibiga rioya etishi;
texnik reglamentlar talablarining buzilishlari oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tadbirlari natijalariga asosan choralar ko‘rishi;
mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi axborotni ishlab chiqaruvchiga, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakiliga, sotuvchiga va import qiluvchiga yuborishi shart.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə