[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Mahsulotni majburiy ravishda chaqirib olish



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə20/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

41-modda. Mahsulotni majburiy ravishda chaqirib olish
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda, davlat nazorati organi o‘z vakolatlariga muvofiq, shuningdek zarar yetkazilishini bartaraf etishga doir tadbirlar dasturi ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi tomonidan bajarilmaganligi haqida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan boshqa shaxslar mahsulotni majburiy ravishda chaqirib olish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Mahsulotni majburiy ravishda chaqirib olish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirilgan taqdirda, sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay javobgar tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqacha usulda xaridorlar (iste’molchilar) e’tiboriga yetkaziladi.
Javobgar sudning qarorini sud tomonidan belgilangan muddatda bajarmagan taqdirda, sudning qarorini bajarish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda da’vogar mahsulotning majburiy ravishda chaqirib olinishi to‘g‘risida xaridorlarni (iste’molchilarni) ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqacha usulda xabardor qilishga haqli.
6-bob. Ishlab chiqaruvchining, sotuvchining, import qiluvchining majburiyatlari
42-modda. Ishlab chiqaruvchining majburiyatlari
Ishlab chiqaruvchilar:
xavfsiz mahsulotni muomalaga chiqarishi;
muvofiqlikni baholash tartib-taomilining amalga oshirilishini texnik reglamentga muvofiq ta’minlashi;
texnik hujjatlarni tuzishi va muayyan vaqt davomida ularni saqlashi;
muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani texnik reglamentga muvofiq tuzishi va taqdim etishi hamda uni ko‘rsatilgan vaqt davomida saqlashi;
agar texnik reglamentda nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu Qonun talablariga binoan muvofiqlik belgisini qo‘yishi shart.
Ishlab chiqaruvchi mahsulotga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq mahsulotni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi turkum yoki seriya raqamini qo‘yishi shart. Agar mahsulotning o‘lchami yoki boshqa xususiyatlari tufayli ishlab chiqaruvchi turkum yoki seriya raqamini qo‘ya olmasa, u o‘rovda yoki mahsulotga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak.
Ishlab chiqaruvchining ayrim majburiyatlari shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə