[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Sotuvchining majburiyatlari



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə21/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O‘RQ-819 27.02.2023

43-modda. Sotuvchining majburiyatlari
Sotuvchi:
mahsulotga texnik reglamentga muvofiq muvofiqlik belgisi qo‘yilganligini tekshirishi;
texnik reglamentga muvofiq davlat tilidagi qo‘shimcha hujjatlar va mahsulot xavfsizligi to‘g‘risidagi axborot mavjudligini tekshirishi;
saqlash va transportda tashish shart-sharoitlari mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini xavf ostiga qo‘ymasligini mahsulot realizatsiya qilinguniga qadar kafolatlashi shart.
Agar sotuvchi mahsulot texnik reglamentlar talablariga javob bermaydi deb hisoblasa, u mahsulotni texnik reglament talablariga muvofiqlashtirish maqsadida tuzatish choralarini ko‘rishi shart.
Agar ko‘rilgan tuzatish choralaridan keyin mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi bartaraf etilmasa, sotuvchi ishlab chiqaruvchini, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakilini yoki import qiluvchini, shuningdek davlat nazorati organlarini bu haqda xabardor qilishi shart.
44-modda. Import qiluvchining majburiyatlari
Import qiluvchi:
texnik reglament talablariga javob beradigan mahsulotni bozorda joylashtirishi;
mahsulotni muomalaga chiqarishda ishlab chiqaruvchi nazarda tutilgan muvofiqlikni tasdiqlash tartib-taomilini amalga oshirganligini, texnik hujjatlarni ishlab chiqqanligini, texnik reglament talablariga muvofiq mahsulotga muvofiqlik belgisini qo‘yganligini kafolatlashi;
mahsulotning texnik reglament talablariga muvofiq emasligini bartaraf etish uchun saqlash yoki transportda tashish shart-sharoitlarini nazorat qilishi shart.
Agar import qiluvchi mahsulot texnik reglament talablariga javob bermaydi deb hisoblasa, u mahsulot bozorga joylashtirilguniga qadar uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tuzatish choralarini ko‘rishi shart.
Agar ko‘rilgan tuzatish choralaridan keyin mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiq emasligi bartaraf etilmasa, import qiluvchi bu haqda ishlab chiqaruvchini va davlat nazorati organlarini xabardor qilishi shart.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə