[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining javobgarligi



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə24/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O‘RQ-819 27.02.2023

47-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining javobgarligi
Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan muvofiqlikni baholash organi va uning mansabdor shaxslari, agar mazkur kamchilik texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotni ishlab chiqarishga yoki arizachiga zarar yetkazilishiga, shu jumladan muvofiqlik sertifikatini berish asossiz ravishda rad etilishi, muvofiqlik sertifikatining yoxud muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi natijasida foydaning yo‘qotilishiga olib kelsa, qonunga hamda sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Akkreditatsiya qilingan sinash laboratoriyalari (markazlari) tadqiqotlarning (sinashning) va o‘lchash natijalarining ishonchsizligi yoki noto‘g‘riligi uchun qonunga hamda shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Muvofiqlikni baholash natijalari bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda huquqbuzarlik aniqlanganligi to‘g‘risida davlat nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan bayonnoma tuziladi, bayonnoma ma’muriy jazoni va jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash uchun asos bo‘lib, rahbarning, boshqa mas’ul mansabdor shaxslarning tushuntirishlari hamda huquqbuzarlik sodir etilganligi bilan bog‘liq hujjatlar bilan birga uch ish kuni ichida sudga topshiriladi.
Huquqbuzarliklar uchun jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar miqdori huquqbuzarlikning xavf darajasiga va davomiyligiga qarab quyidagicha belgilanadi:
mahsulotning muvofiqligi noto‘g‘ri deklaratsiya qilinganligi, muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‘lgan, ilk bor muomalaga chiqarilayotgan mahsulotning muvofiqligi noto‘g‘ri deklaratsiya qilinganligi yoki standartlar mavjud emasligi natijasida yoki ushbu mahsulotga nisbatan texnik reglamentlar talablari qo‘llanilganligi uchun mavjud standartlarni qo‘llab bo‘lmasligi natijasida mahsulot shaxsiy dalillar asosida noto‘g‘ri deklaratsiya qilinganligi aniqlanganda — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar;
muvofiqlik sertifikatini berishni asossiz ravishda rad etganlik, muvofiqlik sertifikatining yoxud muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishini asossiz ravishda to‘xtatib turganlik yoki tugatganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar;
sertifikatlashtirish ishlarini bajarishda belgilangan tartib-taomillar buzilgan taqdirda — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar;
sinash laboratoriyasi tomonidan mahsulotning muvofiqligini baholash maqsadida amalga oshirilgan sinash natijalarining noto‘g‘ri taqdim etilganligi va xolislikni ta’minlamasligi aniqlanganda — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalarni to‘lash yuridik shaxsni mahsulot iste’molchilariga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə