[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot to‘g‘risida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimi



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə22/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O‘RQ-819 27.02.2023

45-modda. Yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot to‘g‘risida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimi
Yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot to‘g‘risida axborot almashish maqsadida davlat nazorati organlari o‘rtasida yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot to‘g‘risida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimi davlat nazorati organlari yuqori xavf tug‘diradigan mahsulotni aniqlagan taqdirda, ular tomonidan taqdim etiladigan xabarlardan shakllantiriladi.
Yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot to‘g‘risidagi xabar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
tegishli mahsulotni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlarni;
mahsulot keltirib chiqaradigan xavfning tavsifini, bunday mahsulot namunalarini sinash natijasini;
xavfni bartaraf etish uchun ko‘rilgan choralarning (agar bunday choralar ko‘rilgan bo‘lsa), shu jumladan ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi va (yoki) import qiluvchi tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra ko‘rilgan choralarning xususiyati va davomiyligi to‘g‘risidagi axborotni;
ushbu mahsulotning kelib chiqishi va bozorga yetkazib berilishi zanjiri haqidagi axborotni;
xalqaro, mintaqaviy va chet el xabar qilish tizimlari yordamida yoki boshqa davlatlarning vakolatli organlaridan boshqacha tarzda olingan ma’lumotlarni.
Yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot to‘g‘risida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimidagi ma’lumotlar davlat nazorati organlari, bojxona organlari, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazorati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari foydalanishi uchun ochiq bo‘lishi kerak.
Yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimining faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə