[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Mahsulotni sinash maqsadlari



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə15/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

30-modda. Mahsulotni sinash maqsadlari
Mahsulotni sinash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
texnik reglamentlarda va standartlarda ko‘rsatilgan mahsulot namunasining muvofiqligini tasdiqlash tavsiflarini aniqlash;
agar sinash muvofiqlikni tasdiqlash doirasidagi tartib-taomil bo‘lsa, muvofiqlikni tasdiqlash amalga oshirilishini ta’minlash.
Sinash, agar bu muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoki deklaratsiya qilishda qo‘llaniladigan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasida nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash doirasidagi tartib-taomildir. Sinash, agar bu texnik reglamentlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholashning mustaqil shaklidir.
Sinash, agar bu muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoki deklaratsiya qilish chog‘ida qo‘llaniladigan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasida nazarda tutilgan bo‘lsa, akkreditatsiya sohasiga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan amalga oshiriladi.
31-modda. Muvofiqlikni baholash organlariga qo‘yiladigan talablar va ularning majburiyatlari
Muvofiqlikni baholash organi va uning xodimlari o‘zi baholaydigan mahsulotni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, yetkazib berish, o‘rnatish, ishlatish yoki unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun javobgar bo‘lmasligi kerak.
Majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish chog‘ida mahsulotni sinash va o‘lchash akkreditatsiya qilingan sinash laboratoriyalari tomonidan o‘tkazilishi kerak hamda ularning natijalari bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi.
Muvofiqlikni baholash organlari sinash laboratoriyalariga arizachi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishga haqli emas.
Muvofiqlikni baholash organi sinash laboratoriyasi tomonidan berilgan bayonnomalar asosida muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
32-modda. Chet davlatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə