[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Muvofiqlikni baholash obyektlari



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə11/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

22-modda. Muvofiqlikni baholash obyektlari
Mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimi va xodimlar muvofiqlikni baholash obyektlaridir.
Muvofiqlikni baholash obyektlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
23-modda. Muvofiqlikni tasdiqlash shakllari
Muvofiqlikni tasdiqlash texnik reglamentlarda yoki muvofiqlikni baholash qoidalarida belgilangan muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni tasdiqlash majburiy yoki ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin.
Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
muvofiqlikni deklaratsiya qilish;
majburiy sertifikatlashtirish.
Muvofiqlikni ixtiyoriy ravishda tasdiqlash ixtiyoriy sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi.
24-modda. Muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash
Muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash orqali ta’minlanadi.
Faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilayotgan mahsulotgina muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash obyekti bo‘lishi mumkin.
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya va muvofiqlik sertifikati teng yuridik kuchga ega hamda muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning yoki muvofiqlik sertifikatining amal qilishi vaqtida muomalaga chiqariladigan mahsulotga nisbatan mahsulotning yaroqlilik muddati yoxud xizmat muddati davomida O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.
Muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash ishlarining qiymati mahsulot kelib chiqqan mamlakatdan va (yoki) joydan, shuningdek arizachining maqomidan qat’i nazar, mustaqil ravishda belgilanadi.
25-modda. Muvofiqlikni ixtiyoriy ravishda tasdiqlash
Muvofiqlikni ixtiyoriy ravishda tasdiqlash arizachining tashabbusiga ko‘ra arizachi va muvofiqlikni baholash organi o‘rtasidagi shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.
Mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimi hamda standartlarda va shartnomalar shartlarida qaysi boshqa obyektlarga nisbatan talablar belgilangan bo‘lsa, o‘sha obyektlar muvofiqlikni ixtiyoriy ravishda tasdiqlash obyektlari bo‘lishi mumkin.
Muvofiqlikni ixtiyoriy ravishda tasdiqlash standartlarga, shartnomalar shartlariga muvofiqlikni belgilash uchun amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə