[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va qabul qilish tartibi



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə8/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

15-modda. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish va qabul qilish tartibi
Texnik reglamentlar texnik reglamentlarni ishlab chiqishning tasdiqlangan dasturiga muvofiq ishlab chiqiladi.
Xalqaro (mintaqaviy) standartlardan texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqishda to‘liq yoki qisman asos sifatida foydalanilishi kerak, bundan xalqaro (mintaqaviy) standartlar yoki ularning bo‘limlari texnik reglamentlarning ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan maqsadlariga erishish uchun samarasiz yoxud nomuvofiq bo‘lgan hollar, shu jumladan iqlimga oid va geografik o‘ziga xos xususiyatlar tufayli samarasiz yoki nomuvofiq bo‘lgan hollar mustasno.
Xalqaro (mintaqaviy) standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan milliy standartlardan texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqishda to‘liq yoki qisman foydalanilishi ham mumkin.
Texnik reglamentlar talablari ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan texnik reglament maqsadlariga nisbatan ko‘proq texnik to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar o‘z rasmiy veb-saytlarida texnik reglamentlar ishlab chiqilishi to‘g‘risidagi xabarlarni ushbu reglamentlar ishlab chiqilgan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay e’lon qiladi va manfaatdor taraflarni bu haqda xabardor qiladi.
Agar texnik reglamentlarni ishlab chiqish yoki texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mahsulotning importiga yoki eksportiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan chet davlatlar bilan ikki tomonlama yoxud ko‘p tomonlama shartnomalar tuzilgan bo‘lsa, texnik reglamentlarni ishlab chiquvchi organ texnik reglamentlarni ishlab chiqish sabablarini ushbu davlatlarning so‘roviga ko‘ra tushuntirib berishi kerak.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar texnik reglament loyihasi rasmiy veb-saytda joylashtirilgan kundan e’tiboran ikki oy ichida uning muhokama qilinishini ta’minlaydi.
Texnik reglamentni ishlab chiquvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasining xulosasi olinganidan keyin texnik reglament loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə