[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə5/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

9-modda. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan tegishli texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazadi;
texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan, namunalar olish, sinash va o‘lchash usullarini belgilaydigan standartlar ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;
majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini shakllantiradi, shuningdek mazkur mahsulotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
xalqaro (mintaqaviy) standartlarning hamda texnik reglamentlarning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan joriy etilishini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakiliga, sotuvchilarga, import qiluvchilarga yoki ijrochilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash yuzasidan sudga murojaat qiladi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq emas deb topilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrini yuritadi;
muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning reyestrini yuritadi;
mahsulotning, uni ishlab chiqarish jarayonlarining yoki usullarining texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi prezumpsiyasini ta’minlaydigan standartlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
texnik reglamentlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlaydi;
texnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa masalalarga doir xalqaro shartnomalarini tuzish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə