[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


sotuvchi — mahsulotni realizatsiya qiladigan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan tadbirkorlik subyekti; texnik jihatdan tartibga solish



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə3/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

sotuvchi — mahsulotni realizatsiya qiladigan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan tadbirkorlik subyekti;
texnik jihatdan tartibga solishmahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qo‘llash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar va standartlar;
texnik reglament — mahsulot xavfsizligining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan tavsiflari yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va usullari, qoidalar belgilangan hujjat;
xizmat — jismoniy va yuridik shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, natijalari ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan faoliyat.
5-modda. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
texnik reglamentlarni qo‘llashning birligi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida tadbirkorlik subyektlarining kamsitilishiga va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmasligi;
texnik jihatdan tartibga solishning hamda muvofiqlikni baholashning birligi va yaxlitligi;
muvofiqlikni baholash organlarining ishlab chiqaruvchilardan, sotuvchilardan va xaridorlardan (iste’molchilardan) mustaqilligi;
muvofiqlikni majburiy baholash tartib-taomillarini amalga oshirishda sinash hamda o‘lchash qoidalarining va usullarining birligi;
davlat nazoratiga va muvofiqlikni baholashga doir vakolatlarning bir organ tomonidan birga qo‘shib bajarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
ikki va undan ortiq davlat nazorati organida ayni bir vakolatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
2-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
6-modda. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
standartlashtirish bo‘yicha milliy organ;
akkreditatsiya organi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari;
muvofiqlikni baholash organlari, sinash laboratoriyalari.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə