[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Arizachining muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash chog‘idagi huquq va majburiyatlari



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə14/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

29-modda. Arizachining muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash chog‘idagi huquq va majburiyatlari
Arizachi quyidagi huquqlarga ega:
mahsulotning muayyan turlari uchun tegishli texnik reglamentda nazarda tutilgan muvofiqlikni tasdiqlash shaklini va sxemasini tanlash;
akkreditatsiya qilish doirasi arizachi sertifikatlashtirishni mo‘ljallagan mahsulotga nisbatan tatbiq etiladigan har qanday muvofiqlikni baholash organiga majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun murojaat qilish;
mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun texnik hujjatlardan foydalanish;
o‘ziga muvofiqlik sertifikatini bergan muvofiqlikni baholash organidan sertifikatlashtirish natijalarini tasdiqlaydigan hamda taqdim etish shartlari, muddati sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadigan hujjatlarni hamda materiallarni olish.
Arizachi:
mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini ta’minlashi;
muvofiqligi majburiy tasdiqlanishi lozim bo‘lgan mahsulotni muvofiqlikni tasdiqlash ishlari amalga oshirilganidan keyin muomalaga chiqarishi;
mahsulotga ilova qilinadigan hujjatlarda muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi;
davlat nazorati organlariga, shuningdek manfaatdor shaxslarga mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanganligi to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatlarni (muvofiqlik sertifikatini, muvofiqlik haqidagi deklaratsiyani yoki ularning ko‘chirma nusxalarini) yoxud muvofiqlik sertifikatining yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ro‘yxatga olish raqami haqidagi axborotni taqdim etishi;
agar muvofiqlik sertifikatining yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan yoxud tugatilgan bo‘lsa, mahsulotning realizatsiya qilinishini to‘xtatib turishi yoki tugatishi;
sertifikatlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarishning texnik hujjatlariga yoki texnologik jarayonlariga kiritiladigan o‘zgartishlar to‘g‘risida muvofiqlikni baholash organini xabardor qilishi;
muvofiqligi tasdiqlanishdan o‘tgan va texnik reglamentlar talablariga muvofiq bo‘lmagan mahsulotni ishlab chiqarishni davlat nazorati organlarining qarorlari asosida o‘n ish kuniga to‘xtatib turishi;
muvofiqlik sertifikatining yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilish muddati tugagan taqdirda, mahsulotning realizatsiya qilinishini to‘xtatib turishi yoki tugatishi shart, bundan mahsulotning qonunchilikka muvofiq belgilangan yaroqlilik muddati yoxud xizmat muddati davomida muvofiqlik sertifikatining yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishi vaqtida chiqarilgan mahsulot mustasno.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə