[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Texnik reglamentlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə10/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

19-modda. Texnik reglamentlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar bir vaqtning o‘zida texnik reglamentlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi, ushbu tavsiyalarda texnik reglamentlarda belgilangan qoidalar tushuntiriladi va ular mazkur reglamentlarning izchil qo‘llanilishini ta’minlaydi.
Texnik reglamentlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilarning va tegishli uslubiy tavsiyalarni tasdiqlagan vakolatli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlariga tasdiqlangan kundan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
20-modda. Xabardor qilish
Yangi texnik reglament ishlab chiqilgan yoki amaldagilariga o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda, texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar manfaatdor taraflarni axborot markazi orqali quyidagilar to‘g‘risida xabardor qiladi:
texnik reglamentni ishlab chiqish boshlanganligi haqida;
texnik reglament tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan mahsulot to‘g‘risida, ushbu reglament qaysi maqsadga muvofiq ishlab chiqilayotgan bo‘lsa, o‘sha maqsad tavsiflab berilgan va tushuntirilgan holda;
texnik reglamentning loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalar olish uchun ikki oy muddat berilishi haqida.
Texnik reglamentlar, standartlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari to‘g‘risida xabardor qilish tartibi va tartib-taomillari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
4-bob. Muvofiqlikni baholash va tasdiqlash
21-modda. Muvofiqlikni baholash
Muvofiqlikni baholash mahsulotning, ishlab chiqarish jarayonlarining, xizmatlarning, menejment tizimlarining, xodimlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga doir faoliyatdir.
Muvofiqlikni baholash organi muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini bajaradigan yuridik shaxsdir.
Muvofiqlikni baholash tartib-taomili texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlardagi tegishli talablarga rioya etilishini aniqlash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita qo‘llaniladigan tartib-taomildir. Namunalar olish, sinash va tekshirish, muvofiqlikni baholash va tasdiqlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek ularning majmui muvofiqlikni baholash tartib-taomillari jumlasiga kiradi.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə