[tsz: Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]


-modda. Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya



Yüklə 476,28 Kb.
səhifə12/26
tarix02.04.2023
ölçüsü476,28 Kb.
#104052
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
O‘RQ-819 27.02.2023

26-modda. Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar texnik reglamentlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqligi majburiy ravishda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan mahsulotga nisbatan rasmiylashtiriladi.
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Muvofiqlikni deklaratsiya qilish quyidagi sxemalardan biri bo‘yicha amalga oshiriladi:
muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘z dalillari asosida qabul qilish;
muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘z dalillari hamda muvofiqlikni baholash organi va (yoki) akkreditatsiya qilingan sinash laboratoriyasi (bundan buyon matnda uchinchi taraf deb yuritiladi) ishtirokida olingan dalillar asosida qabul qilish.
Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qiluvchi shaxslardir.
Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot va mahsulot turkumi uchun muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishi muvofiqlikni tasdiqlash sxemasi bilan belgilanadi.
Rasmiylashtirilgan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan shaxslarning arizasiga ko‘ra, muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning reyestrida akkreditatsiya qilish doirasi mahsulotning mazkur turini o‘z ichiga olgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran haqiqiy deb hisoblanadi.
Arizachilarning doirasi tegishli texnik reglamentda belgilanadi. Agar uchinchi tarafning mavjud emasligi muvofiqlikni tasdiqlash maqsadlariga erishilmasligiga olib kelsa, texnik reglamentda muvofiqlikni uchinchi taraf ishtirokida deklaratsiya qilish sxemasi belgilanadi.
Mahsulotning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan texnik hujjatlardan, shaxsiy sinash va o‘lchash natijalaridan va (yoki) boshqa hujjatlardan dalil sifatida foydalaniladi.
Muvofiqlikni shaxsiy dalillar va muvofiqlikni baholash organi ishtirokida olingan dalillar asosida deklaratsiya qilish chog‘ida arizachi o‘z tanloviga ko‘ra shaxsiy dalillaridan tashqari laboratoriyada o‘tkazilgan sinash va o‘lchash bayonnomalaridan foydalanishga, sifat menejmenti tizimining sertifikatini taqdim etishga haqli.
Sifat menejmenti tizimining sertifikatidan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish chog‘ida dalillar tarkibida foydalanilishi mumkin, bundan shunday mahsulot uchun texnik reglamentlarda muvofiqlikni tasdiqlashning boshqacha shakli nazarda tutilgan hol mustasno.
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilish muddati texnik reglamentda belgilanadi.
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilish muddati tugaganidan keyin muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bir nusxasi va dalillar sifatida foydalanilgan materiallar arizachida, boshqa nusxasi esa uni ro‘yxatdan o‘tkazgan muvofiqlikni baholash organida besh yil davomida saqlanadi.
Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 476,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə