Tuproqshunoslik va geografiya


Zarafshon daryosi va uning tarmoqlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə13/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Zarafshon daryosi va uning tarmoqlari

Zarafshon daryosi Ravotxo’ja to’g’oni yaqinida ko’shni Tojikiston hududidan oqib chiqib, mustaqil Vatanimiz – O’zbekiston Respublikasi sarhadlariga kirib keladi. Mamlakatimiz hududida daryo Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan oqib o’tadi. Samarqand shahri yaqinida, uning shimoli-sharqidagi Cho’pon tepaligi yonida, Zarafshon ikki tarmoqqa – Oqdaryo (o’ng, uzunligi 131 km ) va Qoradaryo (chap, uzunligi 127 km)ga ajraladi. Ushbu ikki tarmoq Miyonko’l orolini hosil qilib, Navoiy viloyatining Xatirchi tumani markazi-Yangirabot shaharchasi yaqinida birlashadi va yana Zarafshon nomi bilan oqadi. Zarafshon suvining 70-75% qismi uning Qoradaryo tarmog’idan oqadi. Bu oraliqda atrofdagi tog’lardan daryoga ko’plab soylar oqib tushadi. Bu soylar suvining ozligi va sug’orishga olinishi natijasida ular Zarafshon daryosi va uning tarmoqlarigacha etib kelmay, qurib qoladi.

Navoiy shahri yaqinida, Boyqut va Toshrabot qishloqlari oralig’ida, daryo vodiysi ancha torayadi. So’ng janubi-g’arbiy yo’nalishda oqib, Qizilqum cho’lining sharqiy chegaralariga kirib boradi. Bu erda daryo Buxoro, so’ng Qorako’l vohalaridan oqib o’tadi. Mana shu oraliqda, ya’ni Qorako’l shahrigacha daryo Qorako’ldaryo deb ham ataladi. Qorako’l shahridan 3 km yuqorida qurilgan to’g’on- suv taqsimlagichda Zarafshon suvi kanalarga bo’lib yuboriladi. To’g’ondan quyida daryo o’zani yana ikki tarmoqqa ajraladi: chapdagisi (kattarog’i) Toyqir, o’ngdagisi esa Sarbozor deb ataladi. Har ikki tarmoqning yuqori qismi sug’orish kanali sifatida xizmat qiladi. Sug’orishdan ortgan va ekin maydonlaridan chiqqan qaytarma suvlar Toyqir o’zani orqali Dengizko’lga quyiladi. Zarafshonning Sarbozor tarmog’i ham Qorako’l vohasida ancha masofada oqib o’tadi. Lekin, quyi oqimida uning o’zani ko’pincha quruq bo’ladi. Aniq qilib aytganda, hozirgi kunda Zarafshon Amudaryoga etib bormaydi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə