Tuproqshunoslik va geografiya


Zarafshon havzasidagi daryolar va soylar soni



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə16/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Zarafshon havzasidagi daryolar va soylar soni,

ularning umumiy uzunliklari


Uzunliklar

oraligi,km

Daryolar va soylar soni

Umumiy

uzunligi, km

<10

1941

3020

10-15

60

716

16-20

20

353

21-30

20

497

31-50

19

684

51-75

1

66

75<

3

237

Uzunligi ko’rsatilmagan

9

-

Jami

2064

5573

Jadvaldagi uzunliklar oraliqlarini belgilashda hududning o’ziga xos gidrografik xususiyatlari, aniqrog’i, O’rta Zarafshon daryolari va soylari uzunliklarining nisbatan kichikligi e’tiborga olindi. Ushbu ma’lumotlar asosida turli uzunliklar oraliqlariga to’g’ri keladigan daryolar sonini ko’rsatuvchi diagramma chizildi.

Jadvalda keltirilganidek, Zarafshon daryosi havzasining O’zbekiston qismidagi daryolar, soylar va jilg’alarning umumiy soni 2064 tani tashkil etadi. Shundan 1941 ta soylarning uzunligi 10 km dan kichik bo’lib, ularning hissasi ushbu hududda hisobga olingan soylarning umumiy soniga nisbatan 94% ga teng. Soni bo’yicha undan keyingi o’rinda uzunliklari 10÷15 km oraliqdagi kichik daryolar va soylar turadi.

Havzada uzunligi 10-15 km oraliqdagi soylarning soni 60 ta, 16-20 km va 21-30 km oraliqlarda 20 tadan, 31-50 km oraliqda-19 ta, 51-75 km oraliqda -1 ta va uzunligi 75 kmdan katta bo’lgan soylar 3 tani tashkil etadi. Havzada uzunligining kattaligi bo’yicha Oqtepasoy (77 km), To’sinsoy (76km) va Qorasuv (66 km) boshqa daryolardan ajralib turadi. Uzunligi ko’rsatilmagan 9 ta suv oqimlarini hisobga olmaganda, havzadagi qolgan barcha daryolar va soylarning umumiy uzunligi 5573 km ga teng.

Gidrografik tadqiqotlarda turli uzunliklar oraliqlariga to’g’ri keladigan daryolarning umumiy uzunligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Tadqiqotlarning keyingi bosqichida uzunligi 10 km dan katta bo’lgan daryolar hamda soylar soni va ularning umumiy havza maydonlari haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Yuqoridagi kabi, bu erda ham daryolar va soylarning havza maydonlari o’lchamlari oraliqlarini tanlashda ularning o’ziga xos xususiyatlari, ya’ni nisbatan kichikligi hisobga olindi.


2-jadval


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə