Tuproqshunoslik va geografiya


O’rta Zarafshondagi kichik daryolar va soylar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə15/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

O’rta Zarafshondagi kichik daryolar va soylar

Yuqorida bayon etilganidek, Zarafshon havzasining O’zbekiston qismidagi tabiiy gidrografik tarmoqlarning asosiy qismi O’rta Zarafshon tog’ tizmalarining g’arbiy tarmoqlari yonbag’irlaridan oqib tushadigan kichik daryolar va soylardir. Quyida ana shu daryolar va soylarga gidrografik tavsif beramiz.

Ta’kidlash lozimki, Zarafshon daryosi havzasining O’zbekiston qismida, aniqrog’i O’rta va Quyi Zarafshonda, mahalliy suv resurslari cheklangan. Suv taqchilligi O’rta Zarafshonda, ayniqsa, Nurota tog’larining janubiy va Zarafshon tizmasining respublikamiz hududidagi shimoliy yonbag’irlarda joylashgan aholi punktlari va ularga qarashli ekinzorlarda yaqqol seziladi. Bu esa shu tog’larda shakllanadigan kichik daryolar va soylar suvidan yanada samarali foydalanishni yo’lga qo’yish uchun ularni gidrografik nuqtai nazardan maxsus o’rganishni talab etadi.

O’rta Zarafshon havzasining tabiiy gidrografik tarmoqlari, yuqorida qayd etilganidek, R.Mashrapov, A.Rahmatullaevlar tomonidan bajarilgan izlanishlarni hisobga olmaganda, alohida tadqiqot ob’ekti sifatida, atroflicha o’rganilmagan. Shu sababli mazkur ishda Zarafshon daryosi havzasining O’zbekiston, ya’ni O’rta Zarafshon qismida shakllanadigan daryolari va soylari gidrografik nuqtai-nazardan o’rganildi hamda ularning gidromorfometrik ko’rsatkichlari aniqlandi. Shu maqsadda ishda birlamchi materiallarning asosiy manbai sifatida havzaning gidrologik o’rganilganligi aks ettirilgan standart gidrografik ma’lumotlar to’plami - “Gidrologicheskaya izuchennost”dan foydalanildi. Ushbu manbada keltirilgan gidrografik ma’lumotlar bazasi batafsil tahlil qilinib, natijalar umumlashtirildi.


1-jadval


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə