Tuproqshunoslik va geografiya


Zarafshon havzasinig o’rta va kuyi oqimlaridagi suv omborlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə19/26
tarix31.12.2021
ölçüsü2,08 Mb.
#82105
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
“zarafshon daryosi va uning xo’jalik ahamiyati”

Zarafshon havzasinig o’rta va kuyi oqimlaridagi suv omborlari

haqida ma’lumot

TT/r

Suv ombori

Suv manbai, daryo

Ishga tushgan yili

Suv yuzasi maydoni, km2

Samarqand viloyati

1

Oqdaryo

Zarafshon

1983

12.7

2

Kattako’rg’on

Zarafshon

1941

84.5

3

Qoratepa

Qoratepasoy

1982

1,9

4

Qorasuv

Qorasuvsoy

1988

4,14

5

To’sinsoy

To’sinsoy

1988

2,68

6

Sobirsoy

Sobirsoy

-*

3,0**

7

Mo’minobod

Urgutsoy

-

-

Navoiy viloyati

1

To’daqul

Amudaryo

1973

162

2

Quyimozor

Amudaryo

1957

16,3

3

Ko’ksaroy

Ko’ksaroysoy

-

-

Buxoro viloyati

1

Sho’rko’l

Zarafshon

1983

30



Kanallari

Tarixga oid manbalarda yozilishicha, Zarafshon suvidan, yuqorida qayd etilgandek, qadimdan Samarqand, Buxoro, Karmana muzofotlari bilan birga Qashqadaryo (Eski Anhor kanali orqali) va Jizzax (Eski Tuyatortar kanali orqali ) vohasi erlari ham bahramand bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham ushbu kanallar yordamida Zarafshon daryosining suvi Samarqand, Navoiy, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari etqazib berilmoqda. O’tgan XX asrning o’rtalarida, asosan, paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida, Zarafshondan O’ng qirg’oq kanali, Yangi Darg’om, Miyonko’l-Xatirchi, Markaziy Miyonko’l kabi yangi kanallar chiqarilgan, eskilari ta’mirlangan. Zarafshonning quyi oqimidagi ekinzorlarga esa Amu-Buxoro va Amu-Qorako’l mashina kanallari orqali Amudaryo suvi ham keltirilgan.

Zarafshon vohasidagi mavjud barcha gidrotexnik inshootlar va kanallar orqali suvni iste’molchilar o’rtasida taqsimlab berish Zarafshon irrigastiya tizimlari havza boshqarmasi (ZITHB) zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, mazkur idora daryo suvini, belgilangan limitlar asosida, suv iste’molchilari va undan foydalanuvchilarga o’z vaqtida etkazib berishni ta’minlaydi va nazorat qilib boradi.

O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi tasarrufidagi ZITHB mamlakatimizning 4 ta, ya’ni Samarqand, Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga xizmat ko’rsatadi.



Yuqori Zarafshon suv uzeli boshqarmasi (YuZSUB)ning asosiy vazifasi Zarafshon daryosi suvini Darg’om va Eski Tuyatortar kanallariga taqsimlash hamda shu maqsadda ekspluatastiya qilinadigan barcha suv taqsimlash inshootlarining samarali va oqilona faoliyat ko’rsatishini ta’minlashdan iboratdir.
4-jadval

Yuqori Zarafshon suv uzeli boshqarmasi tasarrufidagi

kanallar hakida ma’lumot

TT/r

Kanallar

Joylashgan o’rni

tuman


1

Yangi Darg’om

Urgut

2

Yangi Darg’om

Urgut

3

Eski Darg’om

Urgut

4

Zarafshon daryosi

Urgut

5

Yangi Darg’om

Toyloq

6

Eski Darg’om

Toyloq

7

O’ng Darg’om

Bulung’or

8

O’ng Qirg’oq, to’ldiruvchi

Bulung’or

9

Eski Tuyatortar

Bulung’or


Zarafshon magistral kanallar boshqarmasi (ZMKB) ning asosiy vazifasi Zarafshon daryosi suv resurslarini o’z tasarrufidagi daryolar va kanallar orqali tranzit holda o’tkazishni taminlash va talabnomalar asosida tegishli kanallarga etkazib berishdir. Shuningdek, mazkur kanallar boshqarmasiga viloyat hududidagi 8 ta suv omborini samarali ishlatishni ta’minlash ham yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, Zarafshon suv oladigan 6 ta yiriik kanallar ZMKB tasarrufidadir.

5-jadval


Zarafshon magistral kanallar boshqarmasi tassarufidagi

kanallar hakida ma’lumot

T/r

Kanallar

Joylashgan o’rni

tuman


1

Aylanma Darg’om

Urgut

2

Darg’om

Toyloq, Samarkand, Pastdarg’om

3

Eski Anhor

Pastdag’om

4

Eski Tuyatortar

Bulung’ur, Baxmal

5

Kuyi Bulung’or

Payariq

6

Quyi Zarafshon (Narpay)

Kattaqurg’on


II. BOB. ZARAFSHON DARYOSINING XO’JALIK AHAMIYATI

2.1. Zarafshon iqtisodiy rayoniga tavsif

Iqtisodiy rayon Zarafshon daryosining o’rta va quyi qismini, qadimda uning tasirida vujudga kelgan xo’jalikning hududiy tizimini o’z ichiga oladi. U hozirgi kunda Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan tashkil topgan. Taxminan, xuddi shunday ko’lamda mazkur rayon 60-70­yillarda ham ajratilgan edi.

Rayonning umumiy maydoni 168,1 ming km2 bo’lib, u mamlakat hududining 37,4 foizni tashkil qiladi. Bu jihatdan Zarafshon iqtisodiy rayoni O’zbekistonda faqat Quyi Amudaryo rayonidan biroz kichikroq, xolos. Aholisi 5,0 mln. yoki Respublika umumiy aholisining deyarli 1/5 qismiga barobar.

Malumki, so’nggi yillarda mutaxassislar tomonidan buyerda Buxoro-Navoiy (Qizilqum) va Samarqand iqtisodiy rayonlari ajratilib kelinar edi. Xuddi shu tarkibda bu mintaqa hozir ham o’rta umumtalim maktablarida o’qitilib kelinmoqda. Bazi bir ilmiy adabiyotlarda esa Samarqand viloyati hatto qo’shni Qashqadaryo bilan birgalikda ko’rilmoqda.



29­jadval. Zarafshon iqtisodiy rayonining tarkibiy tuzilishi (2000 y., foiz hisobida)




Buxoro viloyati

Navoiy viloyati

Samarqand viloyati

iqtisodiy rayoni O’zR nisbatan

Iqt. rayonda

Respublikada

Iqt. rayonda

Respub­ likada

Iqt. rayonda

Respub­

likada


Maydoni

24,0

9,0

66,0

24,7

10,0

3,7

37,4

Aholisi

29,1

5,8

16,1

3,2

54,8

10,9

19,9

Yalpi ichki mahsulot

35,4

6,4

22,8

4,0

41,8

7,7

18,1


Sanoat mahsuloti

28,9

6,4

45,5

10,0

25,6

5,6

22,0


Qishloq xo’jaligi mahsuloti

33,7

7,7

17,1

4,0

49,2

11,3

23,0


Investitsiya

25,1

4,1

39,6

6,4

35,3

5,7

16,2

Qo’shma korxonalar

22,4

1,3

14,7

0,8

62,9

3,5

5,6


Tashqi savdo

Oboroti

24,1

4,5

48,5

7,1

27,4

4,0

15,6


Eksport

33,1

5,9

42,1

7,0

24,8

4,1

17,0

Import

23,2

3,4

50,1

7,2

26,7

3,9

14,5

Jadval O’zR makroiqtisodiyot va satistika vazirligi malumotlari asosida tuzilgan.

Xo’sh, Zarafshon mintaqasini aynan shu tarkibda ajratilishiga nimalar asos bo’lib xizmat qiladi? Bu xususda quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • Tarixiy sug’orish manbai, yani Zarafshon daryosining umumiyligi;

  • qazilma boyliklarining, ayniqsa rangdor metallurgiyaga tegishli konlarning mavjudligi;

  • mamlakatimizning ikki qadimiy shaharlarining (Samarqand va Buxoro) joylashganligi;

  • geografik o’rnining umumiyligi, rayonning O’zbekiston hududining markazida joylashganligi va h.k.

To’g’ri, hozirgi kunda Buxoro vohasi ko’proq Amudaryo suvlari bilan sug’oriladi. Biroq, bu hududning, aniqrog’i Movarounnahrning tarixida Zarafshon daryosining ahamiyati katta bo’lgan; Buxoro uning quyi, Samarqand esa daryoning yuqori qismida joylashgan, ular o’lkaning boy o’tmishida navbatma­navbatyetakchilik qilib, poytaxt rolini bajarib kelishgan.

Navoiy viloyati boshqalarga qaraganda kechroq tashkil etilgan bo’lib, u qo’shni–Buxoro hamda Samarqand viloyatlarini bog’lab turadi. Ayni vaqtda takidlash joizki, hech qanday iqtisodiy rayonning chegarasi qatiy bo’lmaganidek, buyerda ham shu hol kuzatiladi. Masalan, Samarqand qadimdan Qashqadaryoning Shahrisabz mintaqasi hamda Jizzax viloyatining g’arbiy qismi (G’allaorol, Baxmal tumanlari) bilan bog’liq, Buxoroning neftni qayta ishlash korxonasi-Qorovulbozor zavodi Qashqadaryo resurslari asosida qurilgan. Qolaversa, Samarqand-Buxoro-Qarshi «uchburchagi» O’zbekiston iqtisodiy makonida yaqqol ko’zga tashlanib turadi.

Ammo, shularga qaramasdan, ushbu rayon aynan uch viloyat tarkibida ajratilgani maqulroq. Sababi-kelajakda Qashqadaryoning qo’shni Surxon vodiysi bilan iqtisodiy aloqalari kuchayib boradi va ular birgalikda yagona Janubiy iqtisodiy rayonni tashkil qilishlari mumkin.

Zarafshon iqtisodiy rayoni mamlakatimizda ko’zga ko’rinarli mavqega ega. Ushbu rayon O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining 18-20, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 22-23 foizini beradi. Mamlakat ichki mehnat taqsimotida rayon hosil qiluvchi tarmoqlar sifatida paxtachilik, qorako’lchilik, rangdor metallurgiya, xalqaro turizm va boshqalar xizmat qiladi. Shuningdek, bu hududda pillayetishtirish, uzumchilik, kimyo va neft kimyosi, oziq­ovqat, to’qimachilik sanoatlari ham rivojlanib bormoqda. Rayonni g’arbdan sharqqa tomon kesib o’tuvchi xalqaro temir va avtomobil yo’llar, sug’orish inshootlari uning iqtisodiyotini shakllanishida katta ahamiyatga ega.

Jadval malumotlaridan ko’rinib turibdiki, rayon tarkibiga kiruvchi viloyatlarning ishlab chiqarish va eksport hamda demografik salohiyatlari har xil. Ular xo’jalik tuzilmasi, mamlakat milliy va mintaqa iqtisodiyotida tutgan o’rinlari bilan ham o’zaro farq qilishadi. Binobarin, viloyatlarning o’ziga xos xususiyatlari ularning alohida tariflarida yaqqolroq namoyon bo’ladi.
2.2. Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari xo’jaligi rivojida Zarafshon daryosining o’rni


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə