Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
15 
ularning tuproq sho‘rlanishiga ta’sirini ochib bergan olimlardan 
hisoblanadi.
V.V.Dokuchayev tuproqshunoslik fanining asoschisi hisoblanadi, u 
birinchi marta Novoaleksandriyskiy Qishloq xo‘jaligi instituti qoshida 
tuproqshunoslik kafedrasini tashkil qilib, V.I.Vernadskiy, N.M.Sibirsev, 
K.D.Glinka, S.A.Zaxarov, N.A.Dimo kabi tuproqshunoslik bo‘yicha 
shogirdlar tayyorladi. 
V.V.Dokuchayev (1846-1903) - tuproq to‘g‘risidagi fanga asos 
solgan, genetik tuproqshunoslik fanining rivojlanishiga o‘z hissasini 
qo‘shgan geolog olimdir. V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib, qora 
tuproqlarni har taraflama profil bo‘yicha o‘rganib, ularni o‘t-o‘simliklar 
ta’sirida hosil bo‘lgan morfologik tuzilishni to‘la tavsiflab, geografik 
tarqalishi va tuproq paydo qilish jarayonlari, iqlim, relyef, ona jins va vaqt, 
o‘simlik, tirik jonivorlar faoliyati ta’sirida shakllangan tabiiy tarixiy tana 
deb aniqlaydi. Poltava va Nijegorod guberniyasi tuproqlarini o‘rganish 
uchun tashkil etilgan ekspeditsiyada faol qatnashib, o‘rmon va chimli 
podzol tuproqlarini, solishtirma - jug‘rofiy usulni qo‘llab, bu tuproqlarning 
ekologik xususiyatlari va tasnifini ishlab chiqadi. V.V.Dokuchayev (1892) 
qora tuproqlar tarqalgan yerlarda qurg‘oqchilikning rivojlanishi va unga 
qarshi kurash choralarini, jumladan, suv rejimini ishlab chiqadi.
V.V.Dokuchayevning eng iste’dodli shogirdlaridan biri N.M.Sibirsev 
(1860-1900) edi. U birinchi bo‘lib “Tuproqshunoslik” darsligini yozdi va 
ustozining tuproq to‘g‘risidagi ta’limotini tartibga solib kengaytirdi. U 
tuproq to‘g‘risida aniq tushuncha kiritib, uning hosil bo‘lishda o‘simlik, 
turli tog‘ jinslari, iqlim va relyef sharoitidagi rolini birinchi o‘ringa 
qo‘yib, biologik va abiotik holatiga ta’sirini aniq ko‘rsatib bera oldi. 
N.M.Sibirsev tuproq tavnifiga yangilik kiritib, ular yer kurrasi 
bo‘yicha mintaqali, intromintaqali va amintaqali qonuniyatlar asosida 
tarqalishini, “tuproq oilasi” tushunchasiga aniqlik kiritib, ustozi boshlagan 
qurg‘oqchilikka qarshi kurash choralariga oid ishni davom ettirdi.
Rossiyada tuproq qoplami V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari 
tomonidan har tomonlama o‘rganilayotgan davrda P.A.Kostichev (1845-
1895) ham katta ko‘lamdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini bajardi. U 
tuproqshunoslikda agronomiya ta’limotini rivojlantirib, dehqonchilik bilan 
tuproqshunoslikning nazariy asoslarini ishlab chiqqan buyuk olimlardan 
hisoblanadi. Tuproq hosil bo‘lishini o‘simlikning rivojlanishi bilan uzviy 
bog‘lab, o‘simlik ildizlarining yetib borgan chuqurligini tuproq qoplami 
deb hisoblaydi. U Rossiya qora tuproqlarini tekshirib, tuproq hosil bo‘lishi, 
unumdorlikning oshishi, donadorlikning rivojlanishi va gumusning hosil 
bo‘lishida mikroorganizmlarning roliga katta ahamiyat berdi. Tuproq hosil 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
16 
bo‘lishi sharoitiga binoan uning unumdorligini saqlash va oshirish 
masalalariga ilmiy asoslanib, amalga oshirishni ko‘rsatib berdi. SHu 
davrda V.V.Dokuchayev. P.A.Kostichev va N.M.Sibirsev kabi olimlarning 
Rossiyadagi tuproq qoplamini o‘rganishi jarayonida olingan ma’lumotlar 
va ular tomonidan ilgari surilgan ta’limot genetik tuproqshunoslikning 
asosini tashkil qildi va rivojlanish tarixida V.V.Dokuchayev bosqichiga 
zamin qo‘yildi.
XX asr boshlarida Rossiyada kapitalizmning rivojlanishi uning 
atrofidagi yerlarni va shimoli-sharqiy guberniyalarda dehqonchilikni 
rivojlantirishga qaratilgan ekspeditsiyalar tashkil qilindi. Bu ishlarni 
amalga oshirishda K.D.Glinka, L.I.Prasolov, S.S.Nestruyev, B.B.Polinov, 
N.A.Dimo va boshqa tabiatshunoslar faol ishtirok etdilar. Rossiya, Osiyo 
va O‘rta Osiyo mamlakatlarida tuproq qoplamining jug‘rofiy tarqalishi, 
tasnifi, nomenklaturasi, kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy, suv xususiyatlari 
chuqur o‘rganila boshlandi.
Shu davrda, davlat tomonidan qo‘yilgan tuproq to‘g‘risidagi 
tadqiqotlarda 
K.D.Glinka 
(1867-1927) 
faol 
ishtirok 
etadi. 

V.V.Dokuchayev tuzgan Tuproq komitetida yetakchi tuproqshunos sifatida 
ishlab, Rossiyaning turli guberniyalarida tuproq ekspeditsiyalarida ishtirok 
etib, tog‘ jinslarining nurashi, genezisi, jug‘rofiy tarqalishi va tasnifi 
bo‘yicha 
keng 
ko‘lamli 
ishlarni 
amalga 
oshirdi. 
K.D.Glinka 
N.M.Sibirsevdan keyin “Tuproqshunoslik” (1908) fundamental darslikni 
yozgan olimdir. U Novo-Aleksandriysk (Varshava universiteti), Voronej 
va Leningrad Qishloq xo‘jalik institutlarida “Tuproqshunoslik” 
kafedrasining mudiri bo‘lib ishladi. Olim V.V.Dokuchayev nomidagi 
Tuproq instituti va sobiq ittifoqda tashkil etilgan akademiyada 
tuproqshunoslik bo‘yicha birinchi akademik etib saylandi. K.D.Glinka 
V.V.Dokuchayev ta’limotini chet ellarda va kongresslarda keng targ‘ibot 
qilgan olimlardan biridir.
Tuproqshunoslikda geologik, agronomik va biologik yo‘nalishlarni 
yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan mashhur olimlardan biri 
V.R.Vilyamsdir (1863-1936). U tuproq profili, jumladan, gumusli 
akkumulyativ qatlamning kelib chiqishi va shakllanishida o‘tsimon 
o‘simliklarning roli haqidagi V.V.Dokuchayev va A.P.Kostichevning 
g‘oyalarini davom ettirdi.
V.R.Vilyams chimli tuproqlar hosil bo‘lishi nazariyasini ishlab 
chiqdi. O‘zining ilmiy faoliyatida tuproqda gumus va gumus 
moddalarining hosil bo‘lishi, uning kimyoviy tarkibini mavsumiy ravishda 
o‘zgarishini lizimetrlarda aniqladi. Dehqonchilikda organik moddalarining 



Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə