Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Solishtirma-tarixiy usullar



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Solishtirma-tarixiy usullar
.
Tuproq qoplamining o‘tmishdagi holati, 
hozirgi paytdagi o‘zgarishlari – “Paleotuproqshunoslik” fanining asosini 
tashkil qiladi. Tuproqning xossalari, tarkibi, unumdorligi va jamiyatda 
foydalanilishi tahlil qilinadi.
Tuproq qoplamining genetik-geografik tahlili asosida kichik 
maydondan yerlarning umumiy xususiyatlariga binoan 
kalit usuli
bilan 
asosiy yer maydonlarini kam sarmoya va resurs tejamkorlik usullari bilan 
aniqlash imkoniyatini yaratib beradi. 
Monolit usuli
yordamida tuproq qoplamining genetik qatlamlari 
tuzilishini saqlagan holda monolitlar olinib, laboratoriya sharoitida, tuproq 
fizik jarayonlarini modellashtirish asosida suv va tuzlar harakati, ionlar 
almashinuvi aniqlanadi.
Lizimetrlar usuli
yordamida tuproq qoplami dala va laboratoriya 
sharoitida, tuproq qoplami orqali tik yo‘nalishda singib o‘tadigan suv, 
tuzlar va oziqa moddalar miqdori mavsumiy ravishda aniqlanadi.
Tuproq rejim kuzatuvlari,
kinetik jarayonlarni namlik, harorat, tuzlar 
va oziqa miqdorini mavsumiy, oylar, fasl, yillar va o‘simlik vegetatsiyasi 
davridagi o‘zgarish parametrlari aniqlanadi.
Balans usuli
.
Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarining kinetikasi 
mahlum bir vaqt o‘tganda issiqlik, suv, tuz, azot va boshqa moddalarning 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 

hajmiy ko‘rsatgichlarining kelish va ketish kattaligini aniqlash masalalarini 
qayd etishdan iboratdir. 
Tuproq tarkibidagi harakatchan oziqa moddalarning miqdorini suv, 
kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalari yordamida ajratilib aniqlash 
usullari.
Aerokosmik usullar
bilan tuproq qoplamining yer yuzida joylanish 
namligi, zichligi, tuzlar va gumus miqdori turli balandlikda suratga olish 
usullari yordamida o‘rganish. 
Radioizotop usuli
bilan tuproq, o‘simlik va boshqa ekotizimlarda 
kimyoviy elementlarning miqdori va harakati aniqlanadi. Izotop usuli bilan 
esa tuproqning nisbiy va absolyut yoshi ham aniqlanadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə