Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
 
1-bob. Kirish. Tuproqshunoslik fanining obyekti, predmeti, o‘rganish 
usullari, rivojlanish tarixi, tarkibiy qismlarga bo‘linishi va tabiiy 
fanlar bilan bog‘liqligi 
 
Tuproqshunoslik qadimgi davrlardan rivojlanib kelayotgan tabiiy 
fanlardan biri bo‘lib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Tuproq qoplami yer yuzidagi biogen qobiqdan tashkil topgan 
alohida mahsulot bo‘lib, u quruqlik va suv havzalarini o‘rab olgan. Tog‘ 
jinslarining (litosferaning) yer yuzasidagi qismi tirik jonivorlar, atmosfera 
va gidrosfera omillari ta’sirida o‘zgarib, tuproq qoplamini hosil qiladi. 
Tuproq qoplami o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi, tirik jonivorlarning 
yashashi biomahsulotning shakllanishi hamda planetadagi geofizik va 
biogeokimyoviy jarayonda faol ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiy 
tuproqni yer kurrasining foydali va unumdor zontidir deb ataydi. Tuproq 
qoplami yuqorida aytib o‘tilganidek, yer qobig‘ining tarkibiy qismidagi, 
litosferadagi geofizik o‘zgarishlar, atmosfera, gidrosfera va biosferaning 
o‘zaro munosabatidan vujudga kelgan mahsulotdir. 
Tuproq qoplami yer ustki nurash qobig‘ining, ya’ni litosferani tashkil 
qilgan magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslarining mexanik, fizik, 
kimyoviy va biologik jarayonlarining ta’siri natijasida nurashidan iqlimiy 
sharoit, relyef, o‘simlik va tirik jonivorlar, vaqt, ona jins hamda inson 
faoliyatining ta’siri natijasida hosil bo‘lgan tabiiy tanadir. U g‘ovakligi, 
donadorligi, oziqa moddalar bilan tahminlanganligi, ya’ni unumdorligi 
bilan ajralib turadi. Tuproq unumdorlik darajasi bilan tog‘ jinslari va 
ularning qayta ishlangan mahsulotidan tamomila farq qiladi. Tuproq 
qoplamining shakllanishi, genetik kelib chiqishi, fizik–mexanik 
hususiyatlari, kimyoviy, mineralogik va biologik tarkibi, planetamizda 
jug‘rofiy tarqalishi, unumdorligi va uni tabiiy ofatlardan himoya qilish 
masalalari bilan shug‘ullanadigan predmet–tuproqshunoslik fanidir. 
Demak, “Tuproqshunoslik” fanining predmeti va obyekti planetamizda 
tarqalgan tuproq qoplamini qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositasi va 
biosferaning tarkibiy qismi sifatida har taraflama o‘rganishdan iboratdir.

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə